“Ğazal mulkining sultoni” mavzusida oçiq dars taşkil qilindi
Mamlakatimizda uluğ mutafakkir şoir, özbek mumtoz adabiyotida öziga xos öringa ega bölgan inson Alişer Navoiyning tavallud ayyomi keng miqyosda nişonlab kelinmoqda. Ayniqsa, taʼlim muassalarida turli xil tadbirlar, adabiy-badiiy keçalar taşkil qilinmoqda.
Tumanimizdagi barça taʼlim maskanlari qatorida bizning 69-sonli umumtaʼlim maktabimizda ham uşbu sana munosib nişonlandi. Maktabimizda yuqori sinf öquvçilarining badiiy keçalaridan taşqari, boşlanğiç sinflarda Alişer Navoiy hayoti va ijodiga bağişlangan oçiq darslar ham ötkazildi.

Maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi Dilnoza Bobojonova esa oçiq dars taşkil qildi. Şoir tavalludining 579 yilligiga bağişlangan, “Ğazal mulkining sultoni” deya nomlangan oçiq darsga 4-“A” sinf öquvçilari munosib tayyorgarlik körişganini dars davomida namoyon qilişdi. Öqituvçi dastlab uşbu oçiq darsni “Ajdodlarga munosib avlod bölamiz!” şiori bilan boşladi. Söngra, uluğ şoirning asarlari öquvçi-yoşlarimiz tarbiyasidagi ahamiyati haqida töxtalib, şoir şeʼriyatidan parçalar keltirdi.
Öquvçilar 3 ta jamoaga ajratilib, bilimlari sinab körildi. Har bir öquvçi sinf taxtasidagi mevalar rasmlari tuşirilgan qoğozçalarda aks ettirilgan Alişer Navoiy hayoti va ijodiga oid savollarga javob berdi.
Öquvçilarning şoir ğazallarini yoddan ifodali öqişga harakat qilişlari ustozning öquvçilarda buyuk bobokalonimiz ijodiga bölgan qiziqişlarini uyğota olganligidan dalolat beradi. Jajji bolajonlarning tarixiy şaxslar obrazlariga kirib, ijro qilgan sahna körinişlari dars jarayoniga kötarinki ruh bağişladi.
Oçiq darsning qiziqarli ötişida Dilnoza Bobojonovaning mehnati katta böldi. Şunday jonkuyar, mehnatsevar ustozlarimiz bor ekan ajdodlarimizga munosib avlodni şakllantira olamiz.
Sapayeva Barno, 69-sonli maktabning ingliz tili fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶