HARBIYLAR IŞTIROKIDA MAKTABLARDA TADBIRLAR ÖTKAZILDI
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlari tarkibidagi 9202-“D”harbiy qismi harbiy xizmatçilari tumanimizning çegara hududida istiqomat qiluvçi aholi bilan mustahkam döstona aloqa örnatib, çegara hududda yaşovçi fuqarolar bilişi lozim bölgan qonun-qoidalar, Özbekiston Respublikasining “Davlat çegarasi töğrisida”gi qonunida belgilangan tartiblar xususida keng tuşuntirişlar olib borişmoqda.
Şuningdek, çegara hududlarda joylaşgan maktablar öquvçilari davrasida ham tez-tez bölişib, ularning qalbida vatanparvarlik tuyğularini, milliy, maʼnaviy-madaniy qadriyatlarni qaror toptiriş, “Jaholatga qarşi - maʼrifat” ğoyasi asosida jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaş, ezgulik va tinçlikni qadrlaş tuyğularini mustahkamlaş, Qurolli Kuçlarimizning harbiy salohiyati va sarhadlarimizning daxlsizligini taʼminlaşdagi olib borayotgan işlari xususida suhbatlar uyuştirib, Milliy Armiyamizga nisbatan hurmat tuyğusini tarbiyalaşga harakat qilişmoqda.
Şu yilning 6-fevralida Qiliçboy ovulida joylaşgan 29- va 39-sonli maktablarda söz mulkining sultoni, uluğ mutafakkir bobomiz Alişer Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan “Rahmat senga, qadrdon maktabim” şiori ostida ötkazilgan adabiy-maʼrifiy tadbir ham şularning biridir.

Tadbirga taşrif buyurgan mazkur qism harbiy xizmatçilari avvalo öquvçi yoşlar bilan inson hayotida maktab taʼlimining örni xususida, maktabda ilk savod çiqarib, fanlar asoslarini mustahkam egallagan öquvçilar, qaysi kasbni, mutaxassislikni tanlaşidan qatʼiy nazar, hayotda öz örinlarini topa olişi haqida söz yuritdilar. Şuningdek, millatimizning maʼnaviy özligini olamşumul darajada namoyon etgan tabarruk inson, bobokalonimiz Alişer Navoiy tavalludi har yili keng miqyosda nişonlanişini, bu uluğ zotning dunyo tamadduni taraqqiyotiga qöşgan hissasi benazirligini faxr-u iftixor bilan tilga oldilar.
Uluğ bobomizning hayot yöllari, umri davomida yozgan ğazalu-ruboiylari, yozgan barça tarixiy asarlari haqida bolaligidanoq ilmu-maʼrifatga oşno bölganligi, purmaʼno ğazallariga bastalangan kuy-qöşiqlar mumtoz navolar işqibozlarining yuksak hurmatiga sazovor bölgani va avloddan-avlodga ötib kelayotganini ham gapirib ötdilar. Undan taşqari, muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan yurtimizda kitobxonlik madaniyati muhim voqelikka aylanayotgan bir paytda Mir Alişer Navoiy bobomizning tengsiz maʼnaviy merosi bugungi yoşlar va kelajak avlodlar uçun ham hayot maktabi bölişini alohida taʼkidladilar.
Tadbir davomida maktabning yuqori sinflari öquvçilari örtasida “Navoiy asarlari bilimdoni” tanlovi ötkazildi. Tanlovda öquvçilar Navoiy asarlari yuzasidan berilgan savollarga javoblar berdilar va ijodidan namunalarni ifodali ijro etdilar. Ular yuqori saviyada Navoiy hazratlarining hayoti va ijodi böyiça mustahkam bilimga ega ekanliklarini namoyiş qilişdi.
Tadbirda faol qatnaşgan öquvçilar harbiy xizmatçilar tomonidan rağbatlantirildi.
Fazliddin MUHAMMADIYeV, 9202 “D” harbiy qism xizmatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶