29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 00:52
Siyosat 👁 3,199

BOLA HUQUQLARI – QONUN HIMOYaSIDA

BOLA HUQUQLARI – QONUN HIMOYaSIDA

Har bir farzand oilada dunyoga keladi. Oilada dastlabki tarbiya saboqlarini oladi. Bolaning tili ham oilada chiqadi, birinchi soʻzi "ota” va "ona” soʻzlari bilan boshlanadi. Bolaning tabiati va feʼl-atvori ota-ona tabiati va feʼl-atvoriga monand boʻlib, ota-ona oʻz aksini koʻzguda koʻrgandek oʻz farzandida koʻrib turadi.

Yangi 2014-yilni muhtaram Prezidentimizning "Sogʻlom bola yili” deb eʼlon qilishida ham chuqur maʼno bor. Negaki, biz hayotimizni bolalarsiz tasavvur qilolmaymiz. Bosh Qomusimiz – Konstitutsiyamizda belgilab qoʻyilganidek, barcha bolalarimiz baxtli boʻlishga haqlidirlar. Bolalar huquqlari va erkinliklari qonun tomonidan himoya qilinadi va kafolatlanadi. Oʻzbekistonda bola huquqlari boʻyicha 100 dan ziyod Qonun, Farmon, qaror va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Oʻzbekiston xalqaro huquq meʼyorlarining ustuvorligini hamda bolalar ahvolini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlikning muhimligini eʼtirof etgan holda MDH mamlakatlari orasida birinchilardan boʻlib, 1992-yilda "Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi xalqaro Konventsiyani ratifikatsiya qildi. 2008-yil 7 yanvarda "Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun sohadagi huquqiy tartibga solish mexanizmini mustahkamlash, jumladan, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning amaldagi tizimi samaradorligini yanada oshirdi. Soʻnggi yillarda "Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisida”gi Konventsiyani (Jeneva, 1999-yil 17-iyun) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi hamda "Ishga qabul qilishning eng kichik yoshi toʻgʻrisida”gi Konventsiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlar kuchga kirdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik, Mehnat, Jinoyat kodekslari, "Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, "Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunlar va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda bola huquqlarining kafolatlari oʻz ifodasini topgan. Mazkur saʼy-harakatlar tufayli bugun bola huquqlarini samarali taʼminlash barobarida jahon amaliyotida keng qoʻllab kelinayotgan yuvenal adliya tizimi imkoniyatlaridan foydalanishni hayotning oʻzi taqozo qilmoqda.

Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 25-moddasiga muvofiq har bir inson oʻzining hamda oilasining salomatligi va farovonligini taʼminlash uchun zarur turmush darajasiga ega boʻlishga haqli. Bu huquqdan foydalanish va uni amalga oshirish masʼuliyati oilada ota-ona zimmasiga yuklatilgan. Buni toʻgʻri anglagan va chuqur tushungan oilada davlat va jamiyatga munosib oʻgʻil-qizlar voyaga yetadi. Shu sababli oilada bolalar tarbiyasiga masʼul boʻlish, oilaviy nizo va janjallarning oldini olish, sudlar tomonidan ularning oʻz vaqtida hal qilinishini taʼminlashga erishish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir.

Bolalarni avvalo nimadan himoya qilish lozim? Birinchi navbatda ularning bolaligini va kelajagini himoya qilish, hayoti maqsadli, mazmunli, zavqli va albatta baxtli boʻlishi uchun koʻmaklashish biz katta yoshdagi kishilarning burchimizdir. Qolaversa, ularni qarovsizlik va nazoratsizlikdan, bekorchilik va spirtli ichimlik ichish, tamaki va nos chekish hamda giyohvandlik, qimorbozlik kabi qator zararli illatlardan, "ommaviy madaniyat”, diniy-ekstremistik oqim taʼsirlaridan asrashimiz shart. Zarur himoya-profilaktika tadbirlarini koʻrish - ogohlik – nazorat nuqtasi tarbiyaviy ishlar diqqat markazi boʻlib qolsin.

Bunday koʻlamdor va masʼuliyat yuki ogʻir, shu bilan birga dunyodagi eng ezgu ishning uddasidan albatta chiqib, 2014 – "Sogʻlom bola yili” Davlat Dasturida belgilangan ulugʻvor va zalvorli vazifalarni bajarishga barchamizning qurbimiz yetadi. Buning uchun biz oʻzimizda yetarli kuch-quvvat, bilim, mahorat va imkoniyat topa olamiz.

Ilhom Nurullayev,

2-sonli Amudaryo tuman Davlat Notarial idorasi notariusi.

Qobul ShOMURODOV,

"Taraqqiyot koʻzgusi" muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026