“Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan 57-sonli maktabda sayyor kutubxona tadbiri ötkazildi
Hozirgi kunda mamlakatimizda yoşlarning har tomonlama yetuk, bilimdon bölib yetişişlari uçun ulkan diqqat-eʼtibor qaratilmoqda. Kelajagimiz yaratuvçilari bölgan öğil-qizlar zamonaviy maktablarda eng sönggi rusumdagi öquv jihozlari bilan taʼminlangan sinflarda bilim sirlarini örganmoqdalar. Şuningdek, maktablarda kitoblarga boy kutubxonalar, körgazmali qurollar bilan taʼminlangan fan kabinetlari, sport zallarida ular uçun barça şaroitlar yaratilgan.
Şuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim taşabbus ham mamlakatimiz yoşlari hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur 5 ta muhim taşabbus yoşlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boşqa turlariga qiziqişlarini oşirib, isteʼdodini yuzaga çiqarişga, jismoniy çiniqtiriş, sport sohasida qobiliyatini namoyiş qilişlari uçun zarur şaroitlarni yaratişga, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanişni, maʼnaviyatni yuksaltiriş, kitobxonlikni keng tarğib qiliş böyiça tizimli işlarni taşkil etişga, xotin-qizlarni iş bilan taʼminlaşga qaratilganligi sababli yoşlarning özlarini namoyon etişlariga imkon yaratmoqda.
Bundan körinib turibdiki, ilgari surilayotgan 5 ta muhim taşabbus yoşlarning kelajakdagi hayot yöllarini puxta belgilab olişlari uçun muhim imkoniyatdir.
Şu boisdan joylarda 5 ta muhim taşabbus qöllab-quvvatlanib, turli yönalişlarda tögaraklar taşkil qilinib, tadbirlar ötkazib kelinmoqda.
Bu amaliy işlarning barçasi yoşlar, ayniqsa, maktab öquvçilari uçun xizmat qiladi.
Tumanimizdagi “Jayxun ilhomlari” nodavlat-notijorat taşkiloti tomonidan uşbu 5 ta muhim maşabbusning ahamiyati keng qölamda tarğibot qilib kelinmoqda. Taşkilot tomonidan tegişli reja asosida “Ijodkorlar bilan uçraşuv”, “Sayyor kutubxona”, “Kutubxonaga taşrif”, “Mahorat maktabi”, “5 ta muhim taşabbus” kabi tadbirlar ötkazib kelinmoqda. Bu tadbirlar muntazam ötkazilayotgani bois maktab öquvçilari taniqli jurnalistlar, şoir va yozuvçilar, rassomlar musiqaşunoslar bilan uçraşib, özlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, bilim va maʼnaviy dunyosini boyitib bormoqdalar.
Taşkilot tomonidan tumanimiz markazida olis bölgan maktab öquvçilariga kitoblar yetkazib berilmoqda.
Tumanimizning 57-sonli umumtaʼlim maktabida “Sayyor kutubxona” tadbiri ötkazildi. Unda maktab direktori Maşarif Rözmetov hukumatimiz tomonimizdan öquvçi-yoşlarga qaratilgan katta eʼtibor, imkoniyatlar haqida gapirib berdi.
“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti raisi Örozali Reyimov taşkilot tomonidan ijodkor yoşlarni qöllab-quvvatlaş, kitobxonlikka jalb etiş maqsadida ötkazilayotgan tadbirlar, hududlarda taşkil etilgan kutubxonalar haqida sözlab berdi. Ijod qilişga qiziquvçi yoşlar bilan alohida suhbat qilib, yöl-yöriqlar körsatdi. Şundan söng, maktab öquvçilarini taşkilot kutubxonasiga aʼzo qildi va ularga qiziqarli kitoblarni topşirdi. Öquvçilar taşkilot tomonidan keltirilgan kitoblar bilan tanişib, özlariga maʼqul bölgan mavzulardagi kitoblarni tanlab oldilar.
Maktab öquvçilari uçun bu qöşimça badiiy adabiyotlar çin maʼnodagi qimmatbaho sovğa böldi.
Örozali Reyimov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶