Bolalar salomatligi - eʼtiborimizda
Bizning har kungi hayotimizda va işimizda "Özbekiston – kelajagi buyuk davlat” şioriga amal qilayotganimiz bejiz emas. Yetti ming bir yuz nafardan ortiq ovulimiz aholisining yildan-yilga töq, farovon, tinç-xotirjam va totuv hayot keçirişlari uçun saʼy-harakatlar qilayotirmiz. Tomorqa yerlardan unumli foydalaniş tajribalari boyib, tobora ommalaşib bormoqda. Buni aholining tökin dasturxonlari, töy-tomoşalarning yildan-yilga köpayişi misolida ham yaqqol körişimiz mumkin.
Qişloğimiz bolalari va yoşlarining taʼlim-tarbiya olişlari uçun törtta maktabgaça taʼlim muassasalari, uçta umumtaʼlim maktablari işlab turibdi. Bu taʼlim muassasalarida muhtaram Prezidentimizning: "Farzandlarimiz bizdan köra bilimli, kuçli, dono va albatta baxtli bölişlari şart”, - degan purhikmat sözlariga amal qilinmoqda. "”Soğlom bola yili” Davlat dasturida belgilangan uluğvor vazifalarni amalga oşiriş borasida ham kölamdor işlar qilinmoqda. Eng avallo bolalarning ham jismonan, ham maʼnan soğlom bölişlari uçun barça şart-şaroitlarni yaratib berişga harakat qilmoqdamiz. "Tölqin” qişloq vraçlik punkti, qolaversa tuman tibbiyot birlaşmasi şifokorlarning, jon-kuyarliklari tufayli "Salomatlik haftaliklari” ötkazilişi barobarida mavjud törtta maktabgaça taʼlim muassasalarida va uçta umumtaʼlim maktablarida bolalarning soğliklari tibbiy körikdan ötkazildi. Kasalliklari aniqlangan bolalar soğlomlaştiriş muassasalari nazoratiga olindi.
Qişloğimiz markazidagi 1-sonli bolalar va ösmirlar sport maktabining boks sektsiyasi, mana, çorak asrdan buyon muvaffaqiyatli işlab turibdi. Bu yerdan şu kungaça boks böyiça sakkiz nafar Qoraqalpoğiston çempionlari yetişib çiqdi. Bunday yuksak körsatkiçni qölga kiritişda tajribali va malakali jonkuyar murabbiy Azimjon Muxtorovning xizmatlari har qança tahsinlarga loyiqdir.
Bahor kelişi bilan tabiatda jonlaniş, kökariş, yaşariş va yangilaniş boşlanadi. Dehqonlarimiz dala boşlariga. Boğbonlarimiz esa boğlariga şoşiladilar. Tadbirkor dehqonlarimiz özlarining tomorqa yerlaridan unumli foydalaniş taraddudini köradilar.
Ayni şu kunda mahallalarni, köçalarni va xonadonlarni obodonlaştiriş, supirib-sidirib saranjom-sarişta qiliş, manzarali va mevali daraxt köçatlarini ötkaziş işlari qizğin tus olmoqda. Har bolaga ikki tup mevali daraxt köçati ötkaziş taşabbusi amalga oşirilmoqda.
Nurulla XÖJAMETOV. "Tölqin” OFY raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶