Amudaryoda Özbekiston Pespublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari profilaktik tadbir ötkazişdi
Ob-havo haroratining pasayib borişi natijasida gaz va boşqa turdagi muqobil yoqilği isitiş moslamalaridan foydalanişga bölgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitiş moslamalaridan notöğri foydalaniş oqibatida yonğinlar hamda is gazidan zaharlanişlarga doir favqulodda hodisalar sodir bölib, insonlarning hayoti xavf ostida qoladi.
Mamlakatimizda şu kabi favqulodda holatlarning oldini oliş yuzasidan FVV tomonidan keng kölamli profilaktik tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Tumanimizda ham favqulodda sodir böladigan hodisalarning oldini oliş, şunday vaziyatlarda xavfdan saqlaniş, atrofdagilarga ham yordam körsatiş çoralarini tuşuntiriş böyiça profilaktik tadbir ötkazildi. Tadbirda Özbekiston Pespublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan polkovnik Sardor Atamuhamedov, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari, tuman gaz va elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari hamda aholi vakillari iştirok etdilar. Profilaktik tadbirlar doirasida masʼullar, aholi yaşaş joylarida tabiiy va is gazidan zaharlaniş, yonğinlar, quturiş kasalligi va boşqa favqulodda holatlarning oldini oliş maqsadida tumandagi Navoiy hamda Böston mahallalaridagi xonadonlarda aholining yaşaş şaroitlari bilan yaqindan tanişdilar.
Maʼlumot tariqasida aytiş kerakki, şu davrga qadar tuman hududida 49 ta mahallada is gazidan zaharlanişning oldini oliş böyiça 49 ta tuşuntiriş- tarğibot tadbirlari taşkil qilinib, 12466 ta aholi xonadonlarining yonğinga qarşi holati örganib çiqilgan. Örganişlar natijasida 809 ta kamçilik holati aniqlanib, 714 tasi joyida bartaraf etilgan hamda 24 ta fuqarolarga tabiiy resurslardan qonun doirasida foydalanmaganligi sababli maʼmuriy javobgarlik belgilangan.
Tadbir davomida tabiiy gazning töliq yonmasligi, bexosdan uzilib qolişi, xona içida töplanişi, yoqib qarovsiz qoldiriş, ulaşda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida portlaş, yonğin, hamda tabiiy va is gazidan zaharlaniş holatlari bilan boğliq sodir bölayotgan favqulodda vaziyatlar haqida söz yuritildi. Bunday holatlar hatto insonlarning turli xil tan jarohati olişi yoki ölimi bilan yakunlanayotganligi ham qayd etildi.
Şuningdek, aholi örtasida is gazidan zaharlaniş hamda havo-gaz aralaşmasi çaqnaşi bilan boğliq favqulodda vaziyatlarning oldini, ularning bu boradagi savodxonligini oşiriş maqsadida ötkazilgan tarğibot tadbirida bunday holatlarning oldini oliş uçun qilinişi lozim bölgan çoralar, uşbu holatlarning ayançli oqibatlari xususida köplab savollar berildi. Tadbir taşkilotçilari barça savollarga hayotiy misollar bilan javob berdilar.
Qolaversa, aholining tabiiy va is gazi, elektr energiyasi masalalarida qiynayotgan murojaatlari tinglandi. Murojaatlardagi masalalarni hal qiliş böyiça tegişli taşkilotlar bilan kelişib olindi.
Taʼkidlaş kerakki, elektr va gaz taʼminoti tizimini yanada takomillaştiriş, bozor mexanizmlarini keng joriy qiliş orqali energiya resurslaridan oqilona foydalanişni taʼminlaş, şuningdek, mazkur sohada körsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxşilaş bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş esa har birimizning insoniylik burçimizdir.
Çaros Arslonova,
tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶