Soğlom avlod - yurt tayançi
Badiiy gimnastika – nafislik, nazokat, nozik harakat, egiluvçanlik, gözallik singari ajoyib, harakatlarni özida mujassam etadigan sport turi.
Men va singlim Nigora 3-yildan buyon sportning badiiy gimnastika turi bilan şuğullanamiz va bayramlarda çiqiş qilamiz. Badiiy gimnastika tögaragi Manğit şahri, Olmazor mahallasidagi Iqtisodiyot kasb-hunar kolleji yonida joylaşgan. U yerda murabbiyimiz Nodira opa Yöldoşeva bizga gimnastika maşğulotlaridan saboq beradi.
- Qizlar içida Zebo juda tirişqoq, qiziquvçan, har bir maşqni örganişga qattiq bel boğlaydi, u barça qizlarga örnak, faol öquvçi, - deydi murabbiyimiz Nodira opa.
Tögaragimizda faol gimnastikaçi qizlar köp. Masalan Holida Yöldoşeva, Zebo Haydarova, Dinora Qurboniyozova, Nurjamol Uralboyeva, Kamola Salayeva, Hilola Salimovalar şular jumlasidan. Zebo Haydarova 1998-yilda tuğilgan. U 7-yildan buyon badiiy gimnastika bilan şuğullanadi, köplab musobaqalarga qatnaşgan va faxrli örinlar olgan. 1998-yilda tuğilgan qizlar örtasida ötkazilgan musobaqada faxrli 1-örinni, Nukus şahrida ötkazilgan turli musobaqalarda ham 1-örinni egallagan. Zebo bilan barçamiz faxrlanamiz.
Ayni kunlarda yaqinda Nukus şahrida, ösmir qizlar örtasida ötkaziladigan musobaqaga tayyorgarlik körilmoqda. Yangi bir gimnastikaçi qizimiz Holida Yöldoşeva esa tögaragimizning eng mehnatkaş va sabrli sportçisiga aylangan. U Nukus şahrida 1998-yilda tuğilgan qizlar örtasida ötkazilgan badiiy gimnastika musobaqalari kubogi sohibasi.
Albatta, bu yutuqlar bekordan-bekorga emas. Ular yutuqlarga erişişdan oldin juda köp mehnat qilişgan va doimo izlanib kelişgan. Biz ularga juda ham havas qilamiz.
Biz yoşlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan juda mamnunmiz va buning uçun davlatimizdan minnatdormiz. Sportda esa şu ğamxörlikka yaraşa katta-katta yutuqlarga erişişga intilamiz.
Iroda Erdaşeva,

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶