Sifatli va kafolatli xizmat
Davlat hamda shaxsiy mulklarni talon-taroj etish holatlarining sodir boʻlishi iqtisodiy jihatdan zarar keltirishi tabiiy. Shu bois, ichki ishlar boʻlimi qoshidagi qoʻriqlash boʻlinmasida bunday holatlarga qarshi tadbirlar yil davomida olib boriladi.
Tuman IIB huzuridagi tumanlararo qoʻriqlash boʻlimining xodimlari ham tuman hududida talon-tarojlik va mayda tashmachiliklarning oldini olish borasida tegishli sohalar bilan hamkorlikda ishlar olib borishmoqda. Joriy yilda boʻlimimiz tomonidan jami 62 obʼekt, 18 fuqaro xonadonlari texnik qoʻriqlashga olindi.
Ushbu joylarda ishonchli qoʻriqlashni, texnikalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash borasida aniqlangan kamchiliklar joyning oʻzida bartaraf etildi. Qoʻriqlashga olingan obʼektlardagi ishchi xodimlar, turar joylarda fuqarolar bilan birgalikda mayda tashmachilik harakatlariga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot hamda tushuntirish ishlari yil davomida olib boriladi.
Bulardan tashqari, tuman hududida huquqbuzarlikka qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha oʻtkazilgan tadbirlarda xodimlarimiz faol ishtirok etib, 4 ta jinoyatning ochilishiga hamda 2 ta qidiruvdagi jinoyatchining ushlanishiga hissa qoʻshdilar. Xodimlarning siyosiy, madaniy va maʼrifiy bilimlarini oshirish boʻyicha maʼrifiy hamda siyosiy oʻquv darslari belgilangan reja asosida tashkillashtirilib kelinmoqda.
Albatta, xodimlarimiz tomonidan mulklarning daxlsizligini taʼminlash oʻz samarasini bermoqda. Natijada qoʻriqlashga olingan obʼektlar soni va fuqarolarimizning boʻlimimiz xodimlariga ishonchi kun sayin ortib bormoqda. Bu borada ommaviy axborot vositalari, matbuotning oʻrni ham katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham qoʻriqlash boʻlimi xodimlari tomonidan respublika hamda hududiy gazeta, televideniye radio tarmoqlari orqali chiqishlar qilinmoqda.
Xalqimizning ogʻirini yengil etish, mulklarning ishonchli koʻriqlanishini taʼminlash vazifasini bajaruvchi xodimlarimiz talon-tarojlik hamda mayda tashmachiliklarning oldini olishda bundan keyin ham diqqat-eʼtiborni kuchaytiraveradi.
R.HAMROYeV,
tuman IIB huzuridagi qoʻriqlash boʻlimi TQP boshligʻi, serjant.(Foto - http://akadmvd.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶