NAVRÖZ TAŞRIFI
Vatan, munça gözal boğ-u roğlaring,
Soylarga sir söylar hur qaroğlaring.
Quyoş nurin içgan qir-u toğlaring,
Lolalar bazmiga xumor çoğlaring,
Kamalak ranglarga çulğandi bugun!
Sabolar keltirdi ajib xuş ifor,
Bağringda ne sehr, ne sinoat bor.
Jaranglar soçganda dillarda aşʼor,
Oğuşing soğinib keladi bahor –
Entikib Ona Yer uyğondi bugun!
Samoni titratdi momoguldirak,
Oftobin soğingan Hamaldan darak.
Örik gullarini etib çirpirak,
Boğlarda izğirin kezar jonsarak,
Tun va kun bahoriy tenglandi bugun!
Amu sohillarin kezdim saro-sar,
Qadimiy Jayxundan topmayin asar.
Örkaçlari singan anov tölqinlar
Suvlar karvoniga bağrini bosar...
Köngilim daryoga aylandi bugun!
Har köngil daryodir bugun urpoqqa,
Mehr jomin tutib Qoraqalpoqqa.
Bir daryo oqmoqda Orol qum yoqda
Obi-hayot berib tuzli tuproqqa –
Möynoq yuraklarga joylandi bugun!
Ming yillik buloqlar köz oçdi göyo,
Asliga qaytganday Sir, Amudaryo.
Orol tomonlarda bor mehrigiyoh –
Ummonday talpinib turibdi Dunyo.
Köngil daryolari mavjlandi bugun!
Samolar bağrida ajib tantana,
Ketgan quşlar qaytib kelmoqda yana.
Bepoyon Orolqum kengliklariga
Bahor çeçaklarin soçdi quvona.
Möynoq el Navrözga şaylandi bugun!
Abri bahor bilan undi naysonlar,
Iforin taratib gul-u rayhonlar.
Ajoyib! Mahliyo hatto jahonlar,
Kamalak rangiga döndi sayhonlar –
Ona Yer atlasday tovlandi bugun!
“Sumalakka!” – çorlov yangradi yurtda,
Surxon el, Buxoro va Samarqandda.
Bazmi Navröz qizib borar har kentda –
Toşkand-u Xorazm, azim Ustyurtda.
Tulporlar uloqqa çoğlandi bugun!
“Kel ho, kel!” Bobolar qayroğin çalib,
Davralarga tuşdi dillar yuksalib.
“Omon-omon”lardan, “Lazgi”dan olib,
Sozanda, göyanda – bari jamlanib,
Vatan Navröziga boylandi bugun!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶