28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:08
Qishloq xoʻjaligi 👁 404

TOMORQA YeRLARDAN FOYDALANISh HOLATINI OʻRGANISh MAQSADIDA REYD OʻTKAZILDI

TOMORQA YeRLARDAN FOYDALANISh HOLATINI OʻRGANISh MAQSADIDA REYD OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-mart kuni mahalla va oila muammolarini oʻz vaqtida aniqlash hamda hal etish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Mazkur yigʻilishda muhtaram Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan  tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash  boʻlimi, Davlat soliq inspektsiyasi,  tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi hamkorligida aholining tomorqa yerlaridan foydalanish holatini oʻrganish maqsadida reyd tashkil etildi.

Masʼullar Farovon mahalla fuqarolar yigʻinida xonadonma-xonadon yurib, bahor mavsumi boshlanishi munosabati bilan tomorqa yer egalarining tomorqalaridan samarali foydalanishi, obodonlashtirish holati, oilaviy muhiti, hojatxona va molxonalarining ahvoli, tandirlarining joylashgan maydoni, tomorqasida mevali va mevasiz daraxtlar koʻchatlari, gul koʻchatlari ekilganligini koʻrib chiqdilar.  Undan tashqari, tomorqa yer uchastkalari maydonlari, tuproq-iqlim sharoiti va suv taʼminotidan kelib chiqib, ekin turlari, mevali daraxtlar turi va soni, chorva mollari va parrandalar soni, shuningdek, ularning yil davomida tomorqa yer uchastkasida yetishtiradigan mahsulot turlari va sotish hajmlarini ham oʻrgandilar.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, tumanda jami 32570 ta tomorqa yer egalari mavjud boʻlib, ularda 5217,3 gektar ekin yerlari mavjud.  2020-yil bahor mavsumida ertaki ekinlar 4339,2 gektar yer maydonlariga, jumladan, 158 gektar sabzi, 180,5 gektar piyoz, 15,8 gektar sarimsoq piyoz, 225,6 gektar bodring, 169,2 gektar kukatlar, 694,3 gektar kartoshka, 477,3 gektar poliz ekinlari, 631,8 gektar pomidor ekinlarini ekish rejalashtirilgan.       

Shuningdek, 2658,8 gektar yerga oʻrtaki, yaʼni takroriy ekinlari ekish rejalashtirilgan. Jumladan, 72,1 gektar sabzi, 95,9 gektar bodring, 224,3 gektar kukatlar, 318,3 gektar kartoshka, 240 gektar poliz ekinlari, 119,9 gektar pomidor, 981,8 gektar boshqa ekinlar ekilishi koʻzda tutilgan.

2020-yilda tumandagi 49 ta ovul va mahallalardagi aholi tomorqalarida 1-1,5 sotixli 5,4 gektar yer maydonda 450 ta ixcham issiqxonalar tashkil qilindi va ertagi ekinlar koʻchatlari yetishtirilmoqda.

Farovon mahallasi hududida 429 ta xonadonda  istiqomat qiluvchi oilalar soni 503 ta, aholi soni 2351 nafarni tashkil qiladi. Oʻrganish davomida  ularning orasida tomorqalaridan samarali foydalanayotgan, ertaki ekinlarni oʻz vaqtida ekib, tomorqalarini obodonlashtirgan xonadonlar borligi maʼlum boʻldi.

Oʻtkazilgan reyd davomida tomorqa yer maydonlari qarovsiz qolgan yoki samarasiz foydalanib, obodonlashtirilmagan xonadonlar borligi ham aniqlandi.

Farovon mahalla fuqarolar yigʻinida Navbahor va Yakkatut koʻchalarida yashovchi 6 nafar tomorqa yer egalariga tuman Davlat Soliq inspektsiyasi va tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va obodonlashtirish ishlari olib borish toʻgʻrisida ogohlantirish xatlari va unga muvofiq 1-aprel kuniga qadar muddat berildi. Berilgan muddatda tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etmagan tomorqa yer egalariga tuman Davlat Soliq inspektsiyasi tomonidan joriy yil uchun hisoblangan yer soligʻining uch barobari miqdorini qoʻllash toʻgʻrisida tushuntirildi.

Baʼzi xonadonlarda hali uy egalarining koʻchib kelmaganligi, yashamayotganligi aniqlansa-da, bu xonadondagi tomorqadan ham unumli foydalanishlari shart ekanligi, agar tomorqadan unumli foydalanilmasa, bu xonadonlarning egalariga ham tuman Davlat Soliq inspektsiyasi tomonidan  joriy yil uchun hisoblangan yer soligʻining uch barobari miqdori qoʻllanilishi toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi.

Endilikda tumanimizda barcha ovul va mahallalardagi xonadonlarda ularning tomorqa yerlaridan samarali foydalanishini oʻrganish reydlari muntazam oʻtkazilib boriladi va davom etadi.

Maʼlumki, oʻtgan yillar davomida davlatimiz tomonidan Qonunlar, muhim Farmon va Qarorlar, davlat dasturlari qabul qilinishi hamda ularning ijrosi izchil bajarilishi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy subʼektlar sifatida shakllanishiga zamin yaratdi.  
 

O. Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026