13.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
13.11.2026, 00:21
Qişloq xöjaligi 👁 442

YeR DEHQONNI BEJIZ SIYLAMAYDI

YeR DEHQONNI BEJIZ SIYLAMAYDI

Men tuğilib-ösgan Tölqin ovulida Sobir aka Yöldoşev degan juda mirişkor dehqon, tadbirli kişi bir umr brigada boşliği bölib işlab ötgan. Biz öquvçilik davrimizda maktabdan çiqqaç, ğöza yaganasi, begona ötlardan tozalaş, hosilini teriş işlarida doim kolxozçilar bilan birga mehnat qilardik. Bu yozilmagan qoidaga hamma birday, sözsiz böysunardi.

Sobir aka rahmatlik bizning işimizni nazorat qilib yurar, işimizni puxta bajarişga undardi. Orqamizda begona öt qolib ketsa, yoniga çaqirib:

– Mana bu paxta niholini çigit ekib, özimiz kökartirganmiz, bu yovvoyi ötlar esa ötgan yilgi begona ötlarning uruğlaridan yerning bağrida özi kökartirgan öz bolasi. Öz bolasi turganda yer boşqa ekinga mehr bermaydi, şuning uçun ekkan ekinimizni himoya qilib, begona ötlardan tozalab qöymasak, yaxşi hosil ololmaymiz, – der edilar.

Maktabning yuqori sinflarida öqib yurgan damlarimda eşitganim otaxon dehqonning uşbu sözlari nihoyatda topib aytilganiga butun hayotimda guvoh bölib kelayapman. Ha, yer dehqonni bejiz siylamaydi, yerning tilini bilib, mehnat qilgan insongina uning saxovatiga sazovor böladi.

Qoramon mahallasida istiqomat qiluvçi Farhod Yaxşimovning tomorqa yerlarida olib borayotgan işlarini körib, bunga yana bir bor amin böldim. Uning 30 sotixlik tomorqa yerida ekin ekiladigan qismining 80 foizini issiqxona taşkil etadi. Farhod Yaxşimov issiqxonada ayoli Şarofat va öğil-qizlari kömagida asosan gulçilik bilan şuğullanadi. Asli mutaxassisligi madaniyat xodimi bölgan gulçi uzoq yillar madaniyat bölimida işladi, xalqimizning yaxşi kunlarida xizmat qilib, olqiş oldi. Umri dehqonçilikda ötgan, keyinçalik “Çaşma” fermer xöjaligi raisi bölib işlagan otasi Yusuf Yaxşimov keksayib, kuçdan qolgan paytlarida undan işini davom ettirişini söradi. Şu tariqa u 10-yildan ziyod vaqt fermerlik qildi. Tumanimizda fermer xöjaliklari hududi kengaytirilgan vaqtda “Çaşma” fermer xöjaligi yerlari qöşni xöjalik bilan birlaştirildi va Farhod Yaxşimovning öz tomorqasida neça yillardan beri qiziqib şuğullanib kelayotgani – gulçilikni rivojlantirişiga imkoniyat yaratildi.

Hozirgi kunda uning tomorqasidagi qölbola usulda işlangan issiqxonalarida birgina atirgulning 14 xili bor ekan. Bundan taşqari, bir neça xil siren, buldonej, metrovka kabi 10 turdan ziyod gul köçatlari yetiştirişni yölga qöyişgan. Gullar asosan qalamçalardan yetiştiriladi. Joriy yilning özida ular hududimizga moslaşgan tört xil arça turlaridan 1000 tupdan ziyod köçat yetiştirib, bozorga, korxona-taşkilotlarga, maktablarga sotişdi. Roza, siren, buldonej navli gullarning 10 000 tupdan ziyodi hozir tomorqasida mavjud.

Oiladagi daromad manbai faqat bulargina emas, yarim sotixça yerda plyonka ostiga ekilgan ismaloqni ular ötgan yilning oktyabr oyidan beri bozorga çiqarişayapti. Barglari yulib olingan ismaloq esa bir marta suğorilsa, haftadan söng yana yetilaverar ekan.

– Baʼzan şu tansiq kökatni olişga atay bozorga keldim, deydiganlarga, hammagayam aytaman, kaftdekkina yerga ekib qöysangiz – istagan vaqtingizda olib yeyverasiz, – deydi kulib, oila bekasi Şarofat. Ular şugina yerida har yili ismaloqdan söng bodring, undan keyin esa gul köçati yetiştirişadi, yaʼni uç marta hosil olişadi. Bir sotixdan ziyod yerda rediska yetilay deb turibdi.

Farhod Yaxşimovning xonadonida bölgan odam yerning haqiqiy xazina ekanligiga, faqat undan foydalana biliş lozimligiga sidqidildan iqror böladi.

Eşitgan gaplaringga işonma, eşitganlaring körganlaringga teng bölolmaydi, degan donolarimiz naqliga amal qilib, Qoramon mahallasida istiqomat qiluvçi Farhod Yaxşimovning xonadonida bölib körganlarimiz – oila aʼzolarining amalga oşirayotgan işlari çindan-da odam havas qilgulik. Ularning xonadonida 2 ta – biri 1300 dona, yana biri 600 dona jöja oçiş quvvatiga ega inkubatorlar ham işlab turibdi. Yaqin kunlarda ilk bosqiçda 2 ming donaga yaqin jöja çiqiş arafasida ekan. Xonadon bekasining aytişiça, jöjani qişda ham oçaversa bölarkan, faqat boqiş maşaqqatli. Ötgan yillarda hatto bir kunda yuztadan ziyod söyişga yarab qolgan tovuqlarni sotgan kunla-ri bölibdi. Gulçilik taşvişi bilan oradan ötgan bir neça yillik tanaffusdan söng, bu yil yana inkubatorlarini ham işga tuşirişibdi.

– Şu mehnatlarimizning orqasidan heç kimdan kam bölmay yaşayapmiz, bolalarimizning birini öqitib, hovli solib berib, uyli-joyli qildik, qiz uzatdik, kiçik qizimizni ham öqitiş niyatimiz bor, – deydi Farhod aka kamtarlik bilan kulib.

Ularning xonadonida bölgan kişi oilasini obod qiliş uçun tomorqa yerning özi ham kifoya qilişini anglaydi. Ha, ozgina yer ham işning közini bilgan odamga xazinaga barobar ekan. Havas qilgulik hovli-joy, bösağasida özimizda işlab çiqarilgan şaxsiy avtomobil, farzandlar kamoli yölidagi sarf-xarajatlar... buni isbotlab turibdi. Oilaviy faoliyatining yiliga örtaça qança daromad berişini, köz tegmasin debmi, aytişni istamasa-da, ularning öz işlaridan mamnunligining özi kişida havas uyğotadi, köngillarga yaratiş, yaşnatiş zavqini soladi. Bu dehqon mehnatining yana bir savobli, foydali jihati.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026