Boğdorçilik böyiça öquv seminari bölib ötdi
Sönggi vaqtlarda yurtimiz böylab, juda katta maydonlarda yangi, intensiv usuldagi boğlar barpo etilmoqda hamda eskilari qayta taşkil qilinmoqda. Ularning aksariyat qismini olma, gilos, şaftoli, olxöri, tok va yonğoqzorlar taşkil qiladi.
Boğbon, dehqonlarimizning bilim va malakalarini oşiriş, sohadagi yangiliklardan xabardor etib boriş, yangi boğlarni töliq kökartirib oliş, meva kasalliklaridan samarali himoyalaş hamda möl hosil yetiştirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Şuningdek, intensiv boğdorçilik ham bugungi kunda meva köçatlarini yetiştirişning juda ilğor texnologiyasidir.
Bugungi kunda mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizda ham qişloq xöjaligi sohasining barça tarmoqlari qatorida boğdorçilikni rivojlantirişga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 10-mart sanasida tuman hokimligining majlislar zalida yangi intensiv boğ va tokzorlarni barpo etiş böyiça seminar-trening ötkazildi.
Mazkur seminar hududlarda intensiv boğdorçilikni rivojlantiriş, mahalliy boğbonlarning malakasini oşirişlariga yordam körsatiş va şu maqsadda qöşimça loyiha imkoniyati doirasida boğdorçilikka ixtisoslaşgan tumanlarda kiçik agrotexnik xizmat körsatiş markazlarini taşkil etişga amaliy yordam qiliş maqsadida taşkil etildi.
Seminar Germaniya xalqaro jamiyati, yaʼni JAYZED firmasining Özbekiston Respublikasidagi boğdorçilik yönalişi böyiça loyiha koordinatori Umid Sayfiddinov, Özbekiston Respublikasi Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş agentligining boş mutaxassisi Hasan Möminovlar iştirokida bölib ötdi. Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi boğdorçilik yönalişi böyiça loyiha koordinatori Alişer Qodirov, Qoraqalpoğiston Respublikalari Qişloq xöjaligi vazirligi boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş agentligi bölim boşliği Djaxan Allamberganov, tuman Qişloq xöjaligi bölimi boşliği Islom Matkarimov va 60 ga yaqin tumanimiz boğbonlari seminar-treningda qatnaşdilar.
Seminar-treningni tuman Qişloq xöjaligi bölimi boşliği Islom Matkarimov oçib berdi. U öz sözida yurtimizda qişloq xöjaligi sohalari, ayniqsa, boğdorçilik sohasining rivojlantirilişiga qaratilayotgan eʼtibor xususida keng töxtaldi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda qişloq xöjaligini, ayniqsa, çorvaçilik, parrandaçilik, boğdorçilikni rivojlantiriş, bu borada yangi loyihalarni hayotga tatbiq etişga qaratilayotgan alohida eʼtibor oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarişni köpaytirişga, aholi farovonligini taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Seminar-treningda Umid Sayfiddinov intensiv boğdorçilik sohasida fermer xöjaliklarida bugungi kunda hayotimizga tezlik bilan kirib kelayotgan yangi texnologiyalar aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaş, jamiyat taraqqiyotini yanada jadallaştiriş, turmuşimiz farovonligini oşiriş, hayotimizda öz yeçimini kutayotgan ekologik, ijtimoiy va boşqa muammolarni bartaraf etişga qaratilganligi töğrisida söz yuritdi. Undan taşqari, intensiv boğdorçilikni rivojlantiriş uçun dastlab yer tanlaşni töğri taşkil etiş, şudgorlaş, tekislaş, baxorgi-kuzgi şör yuviş işlariga katta eʼtibor qaratiş, mevali daraxtlarga töğri şakl beriş, mevali daraxtlarni payvandlaş usullari va turlari, ularga har xil kimyoviy vositalar bilan işlov beriş usullari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Seminarda sözga çiqqan masʼullar tomonidan intensiv boğlar maydoni yildan yilga köpayib borayotgani eʼtirof etilib, yangi ekilgan köçatlarning yaxşi ösişi, rivojlanişi uçun iyun oyida tez-tez tomçilatib suğoriş bilan birga köçat atrofiga ikkinçi marta 100-120 gramm azotli öğit soliş tavsiya etildi.
Seminar juda qiziqarli ötdi. Tumanimiz boğbonlari soha böyiça özlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan töliq javoblar oldilar. Boğdorçilikni rivojlantiriş böyiça qator kerakli, yangi maʼlumotlarga ega böldilar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶