Tomorqa oila iqtisodini kötaruvçi daromad manbai
Tomorqa oila iqtisodini kötaruvçi daromad manbai sanaladi. Agar kimningdir 5-6 sotix tomorqasi bölsa, demak, u kambağal emas. Astoydil harakat qilinsa, har bir oila öz tomorqasini möl-köl daromad manbaiga aylantirişi mumkin.
Tumanimizda tomorqasidan möl daromad olayotgan dehqonlar talaygina. Uyşin mahallasida istiqomat qiluvçi aka-uka Olloyor va Oybek Madiyorovlar tomorqa yerida 16 sotixlik issiqxona barpo etişgan.
Ular oila aʼzolari bilan yoz böyi oçiq maydondagi ekin-tikinlarni yaxşi parvarişlab, kuzda hosil yiğib olingaç, issiqxona anjomlarini örnatişni boşlaydilar. Uzoği bilan bir- bir yarim oy dam olgan yerga qayta işlov berilib, bahorga tayyorgarlik körişadi, turli xil poliz va sabzavot ekinlarining nihollarini yetiştirişadi.
Ayni kunda aka-ukalarning 16 sotixli issiqxonasida pomidor va bodringning bir neça xil navlari, bulğor qalampiri va ertagi tarvuz nihollari barq urib rivojlanmoqda. Ularning asosiy daromad manbaiga aylangan tomorqa xöjaligida möʼjazgina boğ ham mavjud. Olma va örikning ertapişar, keçpişar navlari, şaftoli va uzumning eng sara, serhosil navlaridan har yili möl-köl hosil yiğadigan aka-ukalarning daromadlari oila iqtisodini yaxşigina kötarayotgani ularning turmuş tarzida yaqqol namoyon. Oilaning öz çorvasi, parrandasi borligi esa daromadga yana daromad qöşayotganidan bildikki, oila aʼzolarining barçasi halol va fidoyi mehnatning gaşti – tökin-soçinlikda yaşaşmoqda. Bir söz bilan aytganda ularning yillik daromadi, mehnatining samarasidan köngli töq.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶