28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:10
Qishloq xoʻjaligi 👁 430

“Agrobank” koʻchatlar yetkazib berdi

“Agrobank” koʻchatlar yetkazib berdi

Koronavirus pandemiyasi tufayli butun dunyoda joriy etilgan karantinning mamlakatimizda ham davlat iqtisodiyotiga, barcha sohalar rivojiga salbiy taʼsiri namoyon boʻlmoqda. Bunday sharoitda iqtisodiy barqarorlikni saqlash, karantin qoidalariga amal qilgan holda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda aholi bandligi, daromadini oshirishning muhim manbai sifatida ayni paytda tomorqachilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Albatta, bugungi qaltis vaziyatda tomorqadan unumli foydalanish har qachongidan ham muhim.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan deputatlar ishtirokida boʻlib oʻtgan videokonferentsiya tarzidagi yigʻilishda ham koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda karantin sharoitidan kelib chiqqan holda aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish borasida targʻibot ishlarini olib borish masalalari muhokama qilindi. Aholiga zaruriy tavsiya va koʻmak berish, bu orqali esa roʻzgʻorining butligiga erishish, uy sharoitida tomorqasidagi mavjud imkoniyatlardan foydalanib, bandligini taʼminlash boʻyicha choralar ishlab chiqildi.

Tumanimizda ham bu borada tegishli tadbirlar yoʻlga qoʻyilib, amalga oshirila boshlandi. Belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va karantin tufayli markaz bozorlariga kelib-ketishiga cheklov qoʻyilgan chekka hududlarda yashovchi aholiga sabzavot va poliz ekinlari urugʻlari, koʻchatlar yetkazib berish maqsadida “Agrobank” tijorat banki tuman filiali tomonidan koʻchma doʻkon tashkil etildi. Karantin qoidalariga rioya qilgan holda dezinfektsiyalangan mashinalar aholi talablaridan kelib chiqib, 15 turdagi sabzavot va poliz ekinlarining urugʻliklari, 9 turdagi koʻchatlarni yetkazishni boshladi.

Koʻchma doʻkonlar orqali yetkazib berilayotgan urugʻliklar sifatliligi, bozorga nisbatan narxining arzonligi bilan aholiga juda manzur boʻlmoqda.

16-aprel kuni Qangi ovuliga ham ushbu koʻchma doʻkon orqali aholi tomorqalari uchun har xil navdagi 220 quti va 300 dona pomidor koʻchatlari,  350 dona bodring, 200 dona karam, 350 dona qovun-tarvuz, 150 dona handalak, 150 dona gurvak qovun koʻchatlari, 150 quti bulgʻor qalampiri, 120 quti baqlajon koʻchatlari hamda 50 pachkada har xil urugʻliklar yetkazib berildi. Ovul aholisi noqulay ob-havo tufayli nobud boʻlgan ekinlari oʻrniga koʻchirish va ekish uchun ayni paytda zarur boʻlgan sifatli urugʻlik va koʻchatlarni arzon narxlarda sotib olishdi. Karantin paytida kasallik tarqalishining oldini olish, oʻzlarining uyda qolishlarini taʼminlash, ogʻirini yengil qilish, qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan ushbu imkoniyat uchun aholi tashabbuskorlarga, tuman mutasaddilariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Tumanimiz chekka hududlarida joylashgan ovullar aholisida tomorqadan unumli foydalanish, imkon qadar koʻp daromad olish borasida oʻziga xos tajriba tobora shakllanib bormoqda, desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Bu borada Qilichboy, Holimbeg, Doʻrman, Toʻlqin, Oq oltin va Uyshin ovullari aholisining tomorqalarida amalga oshirilayotgan ishlar, tashkil etilayotgan issiqxonalar, yetishtirilayotgan sabzavotlar, mevali va mevasiz daraxtlar koʻchatlari va yaratilayotgan bogʻlarni ibrat qilib koʻrsatsa arziydi. Aholining koʻpchilik qismi tomorqasini daromad manbaiga aylantirib, yashash sharoitini yaxshilashga, turmushini obod qilishga erishdi. 

Yer yuzida hukm surayotgan ayni tahlikali sharoit sabab oʻrnatilgan karantin tartibi va cheklovlariga amal qilib kelayotgan tumanimiz aholisi shu kunlarda ham yon-atrofdagilarga oʻrnak boʻlib, ekin maydonini obod etishmoqda. Erta bahorda ekilgan va unib chiqqan sabzavot nihollarini ob-havo injiqliklaridan himoya qilib, yaxshi kunlar umidida parvarish qilishmoqda. Koʻchma doʻkon orqali aholiga urugʻlik va koʻchatlar yetkazib berish xizmati ham tomorqalarida ekish mavsumi tugagunga qadar davom ettiriladi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026