“Sogʻlom bola yili” tuman dasturi raqamlarda
"Sogʻlom bola yili” tuman dasturi doirasida:
Markaziy madaniyat uyi kapital taʼmirlanadiva moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi.
2 ta namunaviy uy-joylar massivida zamonaviy va xavfsiz bolalar maydonchalari namunaviy loyihalari ishlab chiqiladi va quriladi.
Ayollarning maishiy sharoitlarini yaxshilash va kundalik hayoti yengillashtirish maqsadida elektromaishiy texnika vositalarini olish uchun 400,0 mln. soʻm isteʼmol kreditlari ajratiladi.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish maqsadida 450,0 mln.soʻm imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Yosh oilalarga uy-joy qurish va rekonstruktsiya qilish uchun 600 mln. soʻm imtiyozli ipoteka kreditlari ajratiladi.
Namunaviy loyihalar asosida 70 ta uy-joy qurish yoʻli bilan qishloq oilalarini qulay turar joylar bilan taʼminlash orqali ularning hayot darajasi va sifati oshiriladi.
70 ta yosh oilaga uy-joy qurishi va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilish uchun foizsiz kreditlar ajratiladi.
Markazlashgan davlat kapital mablagʻlari hisobidan qishloq aholi punktlarini suv bilan taʼminlash, "Choykoʻl” ovulida 15.6 km. ichimlik suvi tarmogʻini tortish ishlari amalga oshiriladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶