KARANTINDA HAM XALQIMIZ XIZMATIDAGI OTAXON
Xalqimiz boşidan ötkazayotgan bu sinovli davr har birimizni huşyor tortişga undaydi. Bu sinovlarni esa xalqimiz bir va ahil bölib, albatta, yengib ötadi. Bu ahillikni yurtimizda karantin eʼlon qilingandan buyon amalga oşirilayotgan hayriya tadbirlari, aholiga arzon narxlarda yetkazilayotgan mahsulotlar va Özbekiston ahlining vaziyatni töğri tuşungan holda uyda qolayotgani sözimizning yaqqol dalilidir.
Mana şunday, uyda qolsa ham bekor ötirmasdan xalqimiz xizmatiga şaylanganlardan biri Jumur ovul mahallasida istiqomat qiluvçi salkam yetmiş yoşni qoralab qolgan Karimboy ota Rahimovdir. Ota karantin bölişiga qaramasdan uyda qolib, karantin qoidalariga rioya qilgan holda öğli, kelini, nevaralari bilan birgalikda tomorqasidagi issiqxonada xalqimizga har xil köçatlarni arzon narxlarda yetkazib berişni kanda qilmayapti. Pomidor, bodring, baqlajon, karam, bulğor qalampir köçatlarini yetiştiribgina qolmay, bolalari uydaligidan unumli foydalanib, ularning ham vaqti mazmunli ötişi uçun tomorqasida yana bir issiqxona qurdi. Unda pomidor va bodring yetiştirib, xalqimizga yetkazişni yölga qöydi.
Karimboy ota issiqxonada köçatlar yetiştirişni öttiz beş yildan beri umr yöldoşi Kunzira momo bilan birgalikda amalga oşirmoqda. Bu borada ota ança tajriba ham töplagan. Karimboy ota farzandlari va nevaralari tarbiyasiga ham alohida eʼtibor berib kelmoqda. Uç nafar nevarasi oliy öquv yurti talabasi. Katta nevarasi Dinora Ajiniyoz nomidagi NDPIda, Venera Berdaq nomidagi QMUda, Mahmudjon esa Toşkent Temir yöllar institutida tahsil olişadi. Boşqa nevaralari esa hali maktab öquvçilari. Nevaralari ham uyda masofaviy öqişni davom ettirgan holda bobosining yordamçilari. Ular bu işdan zavqlanişini va uyda qolib zerikmayotganliklarini aytişmoqda.
Bu oilaga köpçilikning havasi keladi. Yoşining uluğligiga qaramay ertangi kunga işonç va umid bilan, vahimaga tuşmasdan, xalqimizga oz bölsa ham nafi tegayotganidan mamnun. Ayniqsa, otaxonning şijoati tahsinga loyiq.
Halima ÖTAGANOVA, 48-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶