Tuman mahalliy byudjetining 1-çorak davomidagi ijrosi haqida maʼlumot
2020-yil 1-çorak uçun tuman mahalliy byudjeti daromadlar rejasi 14 mlrd. 521 mln. 235 ming sömni taşkil qildi. Uşbu rejaning ijrosi 14 mlrd. 619 mln. 730,1 ming sömga, yaʼni reja 100,7 foizga 98 mln. 495,1 ming sömga ortiqça bajarildi. Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston Respublikasi byudjetidan olingan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 11 mlrd. 700 mln. sömni taşkil qildi.
2020-yil 1-çorak uçun byudjet xarajatlari rejasi jami 40 mlrd. 177 mln. 7 ming sömni taşkil qildi. Şu yil 1-çorak davomida byudjet mablağlari xarajatlari hisobidan jami 40 mlrd. 839 mln. 145,8 ming söm mablağ sarflandi.
Jumladan, Iqtisodiyot sohasiga jami 4 mlrd. 761 mln. 96,38 ming söm sarf-xarajat qilindi. Bu jami byudjet xarajatlari hajmining 11,65 foizini taşkil qildi. Maktabgaça taʼlim sohasiga jami 3 mlrd.199 mln. 516,7 ming söm sarflandi. Bu jami byudjet xarajatlari hajmining 7,8 foizini taşkil qildi. Şundan maktabgaça taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan bolalar uçun oziq-ovqat xarajatlariga 1 mlrd. 683 mln. 662,9 ming söm işlatildi. Taʼlim sohasiga jami 1 mlrd. 914 mln. 527,39 ming söm sarf-xarajat qilinib, bu jami byudjet xarajatlari hajmining 4,68 foizi böldi. Madaniyat va sport sohasiga jami 989 mln. 729,59 ming söm sarflandi va jami byudjet xarajatlari hajmining 2,43 foizini taşkil qildi.
Şuningdek, soğliqni saqlaş sohasiga jami 14 mlrd. 713 mln. 341,44 ming söm işlatilib, bu jami byudjet xarajatlari hajmining 36,05 foizi böldi. Şundan tibbiyot muassasida davolanayotgan bemorlar oziq-ovqat xarajatlari 165 mln. 894 ming söm, bemorlarning dori-darmon xarajatlariga 614 mln. 073,2 ming söm sarf etildi.
Ijtimoiy taʼminot sohasiga jami 8 mlrd. 185 mln. 496,22 ming söm ajratilib, bu byudjet xarajatlari hajmining 20,04 foizini taşkil qildi. Boşqaruv organlari sohasiga jami 1 mlrd. 471 mln. 509 ming sömga yaqin mablağ işlatildi. Özini özi boşqariş organlari sohasiga jami 1 mlrd. 63 mln. 189,81 ming söm sarf-xarajat qilindi. Zaxira jamğarmasi mablağlari uçun jami 231 mln. 562,6 ming söm sarflandi. Boşqa xarajatlar jami 446 ming sömdan iborat böldi. Tasdiqlangan rejadan taşqari, tuman hokimining tegişli qaror va farmoyişlari asosida ham mablağlar sarf etildi. Yil boşidagi erkin qoldiq mablağlari hisobidan jami 2 mlrd. 957 mln. 136,5 ming söm işlatildi.
Uşbu mablağlarning asosiy qismi tuman mahalliy byudjetidan moliyalaştiriladigan byudjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlari, ijtimoiy soha binolarini taʼmirlaşga va aholining turmuş farovonligini oşirişga sarflandi.
U.Bekniyazov, Amudaryo tumani Moliya bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶