TUMANIMIZDA QURILIŞ IŞLARI QIZĞIN DAVOM ETTIRILMOQDA
Barçamizga maʼlumki, karantin çeklovlari natijasida butun mamlakatimizda barça sohalar qatorida quriliş sohasidagi işlar ham maʼlum darajada töxtatildi. Ammo yurtimizdagi epidemiologik vaziyat tobora yaxşilanib borayotgani Respublika maxsus komissiyasi va Maxsus ştabning 2020-yil 14-apreldagi qöşma yiğilişi qaroriga asosan quriliş işlarini davom ettirişga ruxsat berildi. Şunga köra tumanimizda ham yirik quriliş inşootlaridagi işlar davom ettirilmoqda. Quriliş işlarida xodimlarning sanitariya va gigiyena qoidalariga töliq rioya qilişlari taʼminlangan.
Ayni paytda Yangiobod va Gulzor mahallalarining har birida 5 ta obʼektdan köp qavatli uy-joylar, Örta qalʼa ovulidagi Yusuf xöja aholi punktida içimlik suv tarmoqlari, Sanitariya epidemiologiya osoyiştalik markazi ombori, Qipçoq ovuli hududida 20-sonli maktabgaça taʼlim muassasasi va Toşyop ovuli hududidagi 13-sonli maktabgaça taʼlim muassasalari, şuningdek, 2019-yildan bu yilga ötgan Gulzor mahallasidagi namunaviy uy-joylar qurilişi davom etmoqda.
Ayni paytda “Quriliş xizmat” va “Amudaryo Maxsus Quriliş” masʼuliyati çeklangan jamiyatlari pudratçi taşkilotlari tomonidan 2019-yildan bu yilga ötgan Gulzor mahallasidagi namunaviy uy-joylar qurilişida iş yuqori surʼatlarda taşkil qilingan.
Obʼektlardagi quriliş işlari quriliş-pudrat taşkiloti tomonidan qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşirilayapti. Quriliş-montaj işlarini amalga oşirişning barça bosqiçlarida şaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilişi yuzasidan nazorat örnatilgan.
Tuman mahalliy byudjeti hisobidan barpo qilinayotgan Xotira maydonida ham quriliş işlari avjida. Ajdodlarni xotirasini eʼzozlaş, ularni yod etib turiş uçun şaroit yaratiş, yoş avlod qalbida yurt uçun fido bölgan insonlarga ehtirom va vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş maqsadida barpo etilayotgan mazkur maydon kelgusida tumanimiz aholisi uçun öziga xos ziyorat majmuasi bölişi kutilmoqda. Tuman hokimining qarori asosida Olmazor mahallasi hududida 1 gektarlik maydonda qad rostlayotgan majmuada “Amudaryo SKB” (eskb deb öqiladi) masʼuliyati çeklangan jamiyati quruvçilari mehnat qilmoqda.
Xotira maydonini barpo etiş uçun mahalliy byudjet hisobidan 3 mlrd. sömdan ortiq mablağ ajratiladi. Zamonaviy maydonda “Motamsaro ona” haykali qad rostlagan bölib, ayni paytda pardozlaş işlari boşlangan. Hududda tarix muzeyi uçun ham alohida bino quriladi. Undan taşqari, zamonaviy arxitektura va meʼmorlik anʼanalarini mujassam etgan keng ayvon barpo etilib, maxsus Xotira kitoblari joylaştiriladi.Uşbu kitoblarga Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan amudaryoliklarning ism-familiyalari bitiladi.
Maydonga yanada körk bağişlaş uçun 2 ta favvora örnatilib, manzarali daraxtlar, turfa xil va anvoyi gullar köçiriladi.
Yangidan barpo etilayotgan zamonaviy qiyofadagi Xotira maydoni tumanimizga yanada körk bağişlaydi va ajdodlar xotirasi mangu muhrlangan fayzli maskanga aylanadi.
Amalga oşirilayotgan quriliş va bunyodkorlik işlari tumanimizni zamonaviy qiyofaga keltiriş, körkiga körk qöşiş va aholi farovon turmuş keçirişi uçun qulaylik yaratiş kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶