Tabiat va bolalar
Bugungi kunda Respublikamizda farzandlarimizning jismonan soğlom, maʼnan yetuk, barkamol avlod bölib, voyaga yetişlari uçun keng kölamda taʼlim-tarbiya - işlari olib borilmoqda. Respublikamizda "Barkamol avlod” bolalar markazlarining taşkil etilişi bunga yaqqol misol böla oladi. Nomidan körinib turibdiki, bu markazlarda farzandlarimiz zukko va komil insonbölib kamol topişlari uçun barça imkoniyatlar yaratilgan. Farzandlarimizning turli kasb sirlarini örganişi, böş vaqtlarini mazmunli ötkazişi, ularning içki qiziqişlarini uyğotiş maqsadida turli tögaraklarning ahamiyati beqiyosdir.
Tumanimizning çekka bir qişloği bölmiş Qangli ovuli markazida 29-sonli umumtaʼlim örta maktabi joylaşgan. Bu maktab 2008-2009 yillarda Davlat dasturiga asosan, yangidan qurilib, işga tuşirilgan. Şu maktabda BABMga qaraşli "Yoş ekolog” tögaragida tögarak rahbari bölib faoliyat yuritayotganimga 4 yil böldi. Tögarakka 30 nafar öquvçi jalb qilingan "Yoş ekolog” tögaragi öz nomidan körinib turibdiki, öquvçi-yoşlarning egologik ongini şakllantiriş, bugungi kundagi ekologik ahvoldan xabardor etiş, sanitariya-gigiyena malakalarini rivojlantiriş, oila va jamiyatda soğlom turmuş tarzini şakllantiriş hamda bugungi kundagi dolzarb ekologik muammolarni nazariy hamda amaliy körsatib beriş orqali ularni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaşdan iborat. Maktabimizda alohida tögarak xonasi mavjud bölib, xona sohaga oid körgazmali qurollar bilan jihozlangan: turli xil tabiat tasvirlari aks ettirilgan stendlar, ösimlik va hayvonlar tasvirlangan rasmlar, öquvçilarning özlari tayyorlagan maketlar, turli xil rang-barang gullar bilan bezatilgan. Tögaragimiz aʼzolari orasida turli xil körik-tanlovlar ötkazilib turiladi. Yaqinda ötkazilgan "Bir tomçi suvda hayot jilvasi” nomli tadbirimizda Şirinoy Saidboyeva faol iştirok etib, tögarak aʼzolari orasida ğoliblikni qölga kiritdi. U özi çizgan "Gözal tabiat” manzara-surati orqali, Mahliyo Jumaboyeva esa "Jayron” rasmini çizib, hammani hayratga soldi. Ayniqsa, Şohruh Kengaşboyevning "Çilpiq qörğoni” nomli surati tögarak aʼzolari va maktab öquvçilarida katta taassurot qoldirdi. Bundan körinib turibdiki, farzandlarimizning murğak qalblarida ona Vatanga, gözal tabiatga mehr-muhabbat mevasi kurtak yozmoqda. Undan taşqari mart, aprel oylari maktabimizda obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari yanada avj oldi. Maktab atrofiga turli mevali, manzarali köçatlar, arça köçatlari ekildi. Tögaragimiz aʼzolari har hafta şanba kunini "tozalik kuni” deb eʼlon qilişib, maktabimiz atroflarini, sinf xonalarini tozalaşda ham faollik körsatmoqdalar. Öquvçilar rejaga asosan, tabiat qöyniga sayohatlarga olib borilmoqda. Şunday sayohatlardan biri "Çilpiq” qörğoniga uyuştirildi. Bunda öquvçilar özlari tuğilib, voyaga yetayotgan yurt tabiati, tabiiy boyliklari, tarixiy yodgorliklari töğrisida bilimlarga ega bölişdi. Daryo böyida gözal, baland joyga joylaşgan bu yodgorlikning yaratilişi, bu yodgorlikdan topilgan arxeologik yodgorliklar töğrisida bir qança maʼlumotlarga ega böldilar. Tabiat va jamiyat orasidagi özaro munosabat, tabiatning barça neʼmatlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda böliş sirlarini örgandilar.
Ekologik ong va tafakkurga ega bölgan har bir tögarak aʼzosi öz mehnat faoliyatida tabiatga nojöya taʼsir etiş qanday oqibatlarga olib kelişi mumkinligini bilişi kerak. Tabiatning bizga inʼom etgan noz-neʼmatlarini köz qoraçiğidek asrab-avaylaşimiz har birimizning burçimiz ekanligini unutmasligimiz kerak. Men taʼlim-tarbiya berayotgan tögarak aʼzolari qalbida ona Vatanga, tabiatga muhabbat tuyğusini uy-ğotayotganimdan faxrlanaman.
Nilufar AVEZOVA,
"Barkamol avlod” bolalar markazining 29-sonli maktabdagi "Yoş ekolog” tögaragi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶