Yangi zafarlar sari
Har yili maktab öquvçilari örtasida bölib ötadigan fanlararo "Bilimlar sinovi” bellaşuvi öquvçilarda fanlarga bölgan qiziqiş va masʼuliyatni oşirişi bilan birga, ularning bilim va könikmalarini sinovdan ötkazadi.
Uşbu yil ham 24-25-mart kunlari Nukus şahrida "Bilimlar sinovi” bellaşuvining navbatdagi bosqiçi bölib ötdi. Bellaşuvda ona tili va adabiyoti fanidan 16-sonli ixtisoslaşgan umumtaʼlim maktabining 7-sinf öquvçisi Qunduzoy Yusupova va 8-sinf öquvçisi Nasiba Tirkaşevalar faxrli birinçi örinni egallab, bellaşuvning Toşkent şahrida ötkaziladigan Respublika miqyosidagi navbatdagi bosqiçiga yöllanma oldilar.
- Qunduzoy ham, Nasiba ham juda tirişqoq qizlar. Töğrisi, ularni bellaşuvning birinçi kuni inşo yozişga kuzatar ekanman, qalbimni hayajon bosdi. Öquvçilarimning bilim va könikmalarigaişonsam-da, baribir könglimda "natija qanday bölarkin?”, - degan hadik va ikkilaniş bor edi. Bellaşuvning birinçi bosqiçi tugagaç, qizlarning yuqori ball töpalaganligini eşitib, biroz könglim joyiga tuşdi. Ikkinçi kun test sinovi ötkazildi. Testning natijalari ham yomon emasdi. Bellaşuv yakunida umumiy natijalar eʼlon qilinganda öquvçilarimning közlaridagi quvonçni körsangiz edi. Nasiba ham, Qunduzoy ham faxrli 1-örinni egallagan edilar. Men öz öquvçilarim bilan faxrlanaman. Öquvçilarimning yutuği – butun maktabimizning yutuğidir, - deydi ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi Hulkar Qurbonboyeva.
Qizlar bilan suhbat çoğida ular öz ustozlaridan nihoyatda minnatdor ekanliklarini aytdilar.
Biz Qunduzoy Yusupova va Nasiba Tirkaşevalarga "Bilimlar sinovi” bellaşuvining Toşkent şahrida bölib ötadigan respublika miqyosidagi navbatdagi bosqiçida ham omad va muvaffaqiyat yor bölişini tilab qolamiz!
Aziza Abdurahmonova,
16-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶