ENG ULUĞ, ENG AZIZ BAYRAM ARAFASIDA YaNGI INŞOOTLAR FOYDALANIŞGA TOPŞIRILDI
Xalqimiz eng uluğ, eng aziz bayram – mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligini qarşi olmoqda. Garçi bayramga bağişlangan ommaviy sayillar, köngiloçar tadbirlar ötkazilmayotgan bölsa-da, har bir fuqaroning könglida şunday dorilomon kunlarga yetganiga, öz erki, inon-ixtiyori öz qölida, ozod va farovon yaşayotganidan faxr-iftixor, şukronalik hukmron, odamlar soğligiga tahlika solib turgan koronavirus pandemiyasi tezroq bartaraf etilişini, yurtimizda yana bexavotir, tinç hayot tarzi barqaror bölişini tilab duo qilmoqdalar.
Xalqimiz azal-azaldan qutluğ kunlar, muhim sanalarni öziga xos tadoriklar bilan qarşi olişgan. Joriy yilda ham bu umrboqiy anʼanaga amal qilinmoqda va quvonçli voqealarga guvoh bölayapmiz.
Bayram arafasida Manğit şahri markazida tadbirkorlar tomonidan şahar körkiga körk qöşadigan, muhtaşam, uç qavatli zamonaviy meʼmoriy uslubda qurilgan savdo va xizmat körsatiş majmuasi qurib bitkazildi va foydalanişga topşirildi.
28-avgust kuni bino oçilişiga bağişlangan tantanali marosimda tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev sözga çiqib, yiğilganlarni, tumanimiz xalqini mustaqillikning 29 yilligi hamda bayram arafasida şunday körkam va barça qulayliklarga ega savdo, xizmat körsatiş majmuasining foydalanişga topşirilişi munosabati bilan qizğin qutladi.
“Amu-Manğit şirinliklari”, “Boyovul poyafzali” va “Manğit raduga savdo” masʼuliyati çeklangan jamiyatlari tomonidan qurilgan uşbu binolarga jami 4 mlrd. sömlikdan köproq mablağ sarflangan.
Bugungi kunda uşbu obʼektlarda öndan ortiq yönalişdagi savdo va xizmat körsatiş obʼektlari, yaʼni supermarket, kafe, oziq-ovqat, kiyim-keçak, maişiy texnika, telefon, mebel, gilam, velosiped va bolalar öyinçoqlari dökonlari, “Mikrokreditbank”ning şoxobçasi va stomatologiya markazi hamda boşqa savdo nuqtalari joylaştirildi. Binoning foydalanişga topşirilişi bilan 30 ta yangi iş örinlari taşkil qilindi. Hozirgi vaqtda binoning faqat birinçi va ikkinçi qavati işga tuşirildi, uçinçi qavati ham foydalanişga topşirilib, bino töliq quvvatda iş boşlasa, ellikdan ortiq yurtdoşlarimiz iş bilan taʼminlanadi.

Qolaversa, uşbu zamonaviy bino özining taşqi körinişi bilan Manğit şahrining körkiga körk qöşib, tumanimiz ahli va mehmonlarga şinam xonalarda sifatli savdo xizmati va maişiy xizmat körsatiş imkonini beradi.
Bino oçiliş marosimiga yiğilganlar mazkur binolarda yangi iş boşlayotgan va faoliyatini davom ettirayotgan tadbirkorlarimizning işlariga rivoj tiladilar, quruvçilarimizga ham bunday zamonaviy körinişdagi muhtaşam imoratni qisqa fursatda qurib, foydalanişga topşirgani uçun minnatdorçilik bildirişdi.
Işonamizki, bu yerda körsatilayotgan xizmatlar, sotilayotgan va işlab çiqarilayotgan mahsulotlar xaridorlarga maʼqul böladi hamda tumanimizda savdo va xizmat körsatiş sohalari yanada rivojlanib, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga, xalqimiz farovonligiga munosib hissa bölib qöşiladi.
Şuningdek, bayram arafasida Nazarxon ovulida “Asilbek” oilaviy korxonasiga qaraşli oziq-ovqat dökoni, Toşqaʼla mahallasida tozalangan içimlik suvi işlab çiqariş şoxobçasi, Boğ mahallasida Uluğbek Otajonovning xususiy oziq-ovqat dökoni, Örta qalʼa ovulida “Tölqin Rustam” oilaviy korxonasiga qaraşli non va non mahsulotlari işlab çiqariş tsexi, Xizr eli mahallasida yakka tadbirkor Baxtiyor Sobirovning xususiy oziq-ovqat dökoni, Uyşin mahallasida Nurullaboy Xidirovning davlat xususiy şeriklik asosidagi 50-öringa möljallangan maktabgaça taʼlim taşkiloti, Qiliçboyda “Bahromboyev Elmurod” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli savdo va xizmat körsatiş majmuasi, Beşovul mahallasida mini futbol maydonçasi ham foydalanişga topşiriladi.
Buningdek, bunyodkorliklar, yangilanişlar tumanimizda aholi turmuş sifati yanada oşişiga xizmat qiladi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶