28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 19:51
Qishloq xoʻjaligi 👁 411

“MANGʻIT ARNA” KANALINING QUYI QISMIDAGI AMIR TEMUR NOMLI OVULGA OQAR SUV YeTKAZIB BERILMOQDA

“MANGʻIT ARNA” KANALINING QUYI QISMIDAGI  AMIR TEMUR NOMLI OVULGA OQAR SUV YeTKAZIB BERILMOQDA

Global iqlim oʻzgarishi oqibatida dunyoning koʻplab davlatlarida kuzatilayotgan suv tanqisligi taʼsiri mintaqamizda yaqqol sezilmoqda. Ayniqsa, bu yil mamlakatimizda qish nisbatan quruq kelgani, yogʻingarchilik kam boʻlgani vaziyatni tobora murakkablashtirmoqda. Bu esa sugʻorma dehqonchilik qilinadigan ekin maydonlarida moʻljaldagi hosilni yetishtirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun mavjud suv manbalaridan tejab-tergab foydalanishni taqozo etmoqda.

Respublikamizning barcha tumanlarida boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham suv tanqisligi aholi, ayniqsa, suv yetkazib beruvchi kanallarning quyi qismida joylashgan ovul va mahallalardagi sugʻoriladigan ekin maydonlariga sezilarli darajada salbiy taʼsirini koʻrsatdi.

Jumladan, Amudaryo tumanidagi Boʻz yop, Xitoy, Kuyuk koʻpir, Bobur, Oʻrta qalʼa, Amir Temur nomli ovullari hududagi aholi va yer maydonlarini suv bilan taʼminlovchi “Mangʻit arna” kanalida ham bu yil suv tanqis boʻldi. Suvni navbatma-navbat yetkazib jadvali asosida 11-sentyabr kuni Amir Temur ovuliga ham oqar suv yetib keldi. Ovul hudididagi ekin maydonlarini sugʻorish hamda aholini suv bilan taʼminlash uchun “Mangʻit arna” kanaliga bir hafta mobaynida sekundiga 1,5 metr kub miqdorida suv beriladi.

Aytish kerakki, tumanlararo suv taqsimoti rejasiga asosan Mangʻit arna kanaliga sekundiga 3,5 metr kub hajmida suv limiti ajratilgan. Hozirgi kunda esa sekundiga 1-1,5 metr kub suv olinmoqda. Shu sababli kunlik suv miqdori isteʼmolchilarga navbatma-navbat yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, suv tanqisligining salbiy taʼsirlarini yumshatish maqsadida suv yetkazib beruvchi kanallarning quyi qismida joylashgan ovul va mahallalar hududidagi isteʼmolchilarga qoʻshimcha suv yetkazib berish uchun “Chap Mangʻit” kollektoriga uch nuqtada jami 5 ta elektrlashtirilgan nasos agregatlari oʻrnatilib, ular yordamida ekinlarni sugʻorish ishlari olib borilmoqda. Qoraqalpogʻiston nasos stantsiyalari va energetika boshqarmasi tomonidan hududdagi fermer xoʻjaliklariga 15 ta kichik koʻchma dizel nasos agregatlari ajratilib, sugʻorish ishlarida foydalanilmoqda.

Qolavesa, hududdagi aholi tomonidan tomorqa yer maydonlarini sugʻorish uchun kichik nasos agregatlari yordamida yer osti suvlaridan foydalanish ham yoʻlga qoʻyilgan. Bundan tashqari, hududdagi 70% ga yaqin  aholi oʻz tomorqasini sugʻorish hamda dehqonchilikdan moʻl hosil olish maqsadida bosma quduq orqali tomorqa yerlaridagi ekinlarni sugʻorish ilojlarini qoʻrmoqda.

Amudaryo tumanida ekin yerlarini sugʻorishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, joriy yilda tuman hududidagi 72 gektar yer maydoni tomchilatib sugʻorilgan boʻlsa, 2021-yilda jami 667 gektar ekin maydonlarini tomchilatib sugʻorish boʻyicha manzilli roʻyxat tuzilgan.

Shu bilan birga tumandagi suv taʼminoti ogʻir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligi yer maydonlarini sugʻorishni taʼminlash maqsadida Amir Temur nomli ovul hududida ikkita, Chordara mahallasida bitta artezian quduqlarini qazish rejalashtirilgan boʻlib, bu orqali ushbu hududlardagi jami 95 ta xonadonlarning 13,8 gektar yer maydonlarini suv bilan taʼminlash koʻzda tutilgan.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026