AMUDARYoDA YaNGI AVTOSALON IŞ BOŞLADI
Amudaryo tumanida “AUTO CENTRE QORAQALPOQ” masʼuliyati çeklangan jamiyati filiali öz işini boşladi. Yangi avtosalonning oçiliş marosimida tuman hokimi örinbosari Jasur Norimov, hokim örinbosari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşev tijorat banklari va boşqa korxona-taşkilotlar mutasaddilari iştirok etdilar.
Tadbirda iştirok etgan masʼullar bugungi kunda avtomobilsozlikni rivojlantiriş va uning işlab çiqariş salohiyatini yuksaltirişda mahalliylaştiriş muhim örin tutişini taʼkidladilar. Şuningdek, mazkur soha rivoji iqtisodiyotni yanada yuksaltiriş, yangi iş örinlari taşkil etiş, işlab çiqarişga yangi va samarali texnologiyalarni tatbiq qilişni jadallaştiriş imkonini berişini, tumanda yangidan taşkil etilayotgan uşbu avtosalon ham bu borada muhim ahamiyat kasb etişini aytib ötdilar.
Tuman markazida taşkil qilingan avtosalon filialida xizmat körsata boşlagan malakali mutaxassis Ikrom Salayev yordami bilan amudaryoliklar avtomaşina xarid qiliş uçun şartnoma olişga vaqt sarflab, boşqa şaharlarga borib yurişdek maşaqqatdan xalos böldidar, qolaversa, sohadagi yangiliklardan xabardor bölib boradilar.
Endilikda “AUTO CENTRE QORAQALPOQ” masʼuliyati çeklangan jamiyatining tumandagi filialiga taşrif buyurgan xaridorlar avtomobillarning yangi rusumlari, ularning narxlari haqida maʼlumotlar oliş va xarid qiliş, hujjatlarni rasmiylaştiriş, şartnomalar tuziş imkoniyatiga ega böladilar. Avtosalonda iş yurituvçi vazifasida faoliyat boşlagan mutaxassis Ikrom Salayev tomonidan avtoulov xarid qiliş istagida bölgan yurtdoşlarimizga barça xizmatlar körsatiladi.
Tumanimizda taşkil etilgan uşbu yangi avtosalon yurtdoşlarimizning oğirini yengil, uzoğini yaqin qiliş bilan birga avtosanoat sohasining yanada rivojlanişiga xizmat qilişi şubhasiz.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶