Özbekiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi A.Hayitov Amudaryo tumanida böldi
19-sentyabr kuni Özbekiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Aktam Hayitov tumanimizda bölib aholi tomorqalaridan samarali foydalanişni taşkil etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişiş maqsadida Amudaryo tumaniga taşrif buyurdi.
Amudaryo tumanida har yili aholi tomorqasidan unumli foydalaniş maqsadida erta bahordanoq serhosil uruğlik navlarini tanlaş, boğ-roğlar barpo etişda mevali daraxt köçatlarini saralaş va ekiş işlariga alohida ahamiyat qaratiladi. Joriy yilda ham tomorqa ekinlaridan yuqori hosil olişni közlagan tomorqa yer egalari astoydil mehnat qilib, tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi tomonidan berilgan tavsiyalar asosida ekin ekib, “Har bir qariç yer böş qolmasin!” şiori ostida tomorqani daromad manbaiga aylantirdilar.
Tumanimizda yerdan unumli foydalanib, bu borada katta natijalarni qölga kiritayotgan, yuqori hosil va möl daromad olayotgan omilkor dehqonlar tajribasini örganiş, tomorqa maydonlariga bozorbop ekinlar ekilişini taşkil qiliş, bu yilgi murakkab vaziyatni hisobga olgan holda tomorqada 2-3-marta hosil yetiştiriş, xonadonlarda ixçam issiqxonalar quriş, bir vaqtning özida tomorqa xöjaligida nafaqat dehqonçilik, asalariçilik va xonadon çorvaçiligi kabi yondoş sohalarni ham rivojlantiriş böyiça olib borilayotgan işlar eʼtiborga molik. Bugungi kunda amudaryolik tomorqaçilar nafaqat tumanimiz, balki qöşni tumanlar aholisi uçun ham möl-köl dehqonçilik mahsulotlari yetkazib berişmoqda.
Joriy yilning 19-sentyabr sanasida Özbekiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Aktam Hayitov tumanimizda böldi. Mehmon aholi tomorqalaridan samarali foydalanişni taşkil etiş masalasida “Amudaryo tomorqa xizmat” masʼuliyati çeklangan jamiyati faoliyatini közdan keçirdi.
Xususan, aholi tomorqalarida ixçam issiqxonalar quriş, oila çorvasi, ayniqsa, asalariçilik va parrandaçilikni rivojlantiriş maqsadida bank kreditlarini ajratiş, ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalaniş holatlari örganildi.
Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi direktori Tölqin Sattorov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Fermer, dehqon va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Quaniş Nurimbetov, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev hamda tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilhom Polvonovlar hamrohligida mehmonlar “Örta qalʼa çorvadori” agrofirmasi faoliyati bilan yaqindan tanişdi.
Agrofirma rahbari Erkin Rasulov ötgan 2019-yilda 1 mlrd 200 mln sömlik bank krediti, Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan asalariçilik tarmoğini yölga qöydi. Aktam Hayitov agrofirmada amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişar ekan, agrofirma rahbariyati va işçilari erişayotgan yutuqlar, aholi dasturxoniga yetiştirib berilayotgan asal mahsulotlarining sifatiga yuqori baho berdi. Erkin Rasulov kredit mablağlaridan samarali foydalaniş evaziga faqat 2020-yil mavsumida 2 tonnadan ortiq yuqori sifatli asal yetiştirib, 90 mln söm sof foyda kördi. Şuningdek tadbirkor asalariçilik tarmoğini taşkil etişni rejalaştirgan tomorqa yer egalariga şartnoma asosida 655 quti asalari uyalarini yetkazib berdi.

Aktam Hayitov agrofirma işçilari uçun ajratilgan şart-şaroitlar, ularning oylik iş haqlari darajasi ham yaxşi ekanligini qayd etar ekan amudaryolik qişloq xöjaligi tadbirkorlarining işlarini ommalaştiriş, ayniqsa asalariçilikni yanada istiqbolli sohaga aylantirişda yoşlarning faol iştirokini taʼminlaş yuzasidan masʼullarga zarur tavsiyalar berdi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶