QONUNÇILIK PALATASI SPIKERI ÖRINBOSARI AKTAM HAITOV TUMANIMIZGA TAŞRIF BUYuRDI
Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 2-oktyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining navbatdan taşqari sessiyasida iştirok etiş, hududdagi bunyodkorlik işlari, yirik loyihalar bilan tanişiş, hududni ijtimoiy-iqtisodiy jadal rivojlantiriş maqsadida Nukus şahriga taşrif buyurgan edi.
Uşbu sessiyada koronavirus pandemiyasi butun dunyoda bölgani kabi yurtimizga ham yöqotişlar olib kelgani, lekin hayot davom etişi, şu şaroitga munosib bölib, töğri yöl topiş zarurligini taʼkidlanib, Qoraqalpoğistonda barça sohalarni jadal rivojlantiriş böyiça kelgusi 3-yilga möljallangan çora-tadbirlar işlab çiqilganini maʼlum qilindi. Şunga köra, har bir tumanda 2 tadan faoliyat turi öziga xos “ösiş nuqta”si etib belgilanib, respublikadagi 16 ta tumanni yanada ravnaq toptiriş maqsadida har bir tuman va şaharni jadal rivojlantirişga kuçli turtki beriş, muammolarni tezkor hal etiş uçun ularga vazirlar va banklar biriktirildi.
Xususan, Amudaryo tumanini barça sohalarda jadal rivojlantiriş maqsadida hududga Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari, OʼzLiDeP fraktsiyasi rahbari, Özbekiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi Aktam Haitov masʼul etib tayinlandi.
6-oktyabr kuni Aktam Haitov tumanda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi özgarişlar, muammo va kamçiliklar bilan tanişiş, ularning bartaraf qilinişini taʼminlaş maqsadida tumanimizga taşrif buyurdi. Spiker örinbosari dastlab tuman hokimligining majlislar zalida OʼzLiDeP tuman Kengaşi faollari bilan uçraşdi. Uçraşuv çoğida Aktam Haitov partiya dasturida belgilangan vazifalarning tumandagi ijrosi bilan tanişib, masʼullarga zaruriy tavsiya hamda yöl-yöriqlar berib ötdi. Şuningdek, OʼzLiDeP tuman Kengaşida namunali faoliyat olib borayotgan, partiya faollarini sovğalar bilan rağbatlantirib, ularning kelgusidagi işlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Şundan söng, Aktam Haitov tumandagi “TAMARA-TEKSTIL” MÇJda olib borilayotgan işlar bilan tanişdi. Tadbirkorlik subʼektida iş unumini oşiriş uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar, keltirilgan zamonaviy texnologiyalar mehmonlarni mamnun qildi. Masʼullar tadbirkor hamda korxonada faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan suhbatlaşib, ularda qanday muammo hamda kamçiliklar mavjudligi bilan qiziqdi. Suhbat yakunida Aktam Haitov korxonaga yangi töquv dastgohi olib kelişda hamda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarni sotiş uçun şahar markazida dökon oçişga amaliy yordam beradigan böldi.
Şu örinda qayd etiş joizki, davlatimiz rahbari Qoraqalpoğistonga taşrifi çoğida hududdagi tumanlar va mahallalarni jadal rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş, yoşlar va ayollarni qöllab-quvvatlaş, xizmat körsatiş sohasi salohiyatini töliq işga soliş kabi ustuvor yönalişlar qatorida, ayniqsa, qişloq xöjaligini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratiş zarurligini taʼkidlagan edi.
Prezidentimizning Qoraqalpoğistonda qişloq xöjaligi sohasini jadal rivojlantiriş borasida belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida Aktam Haitov Ozod Qurbonboyev rahbarligidagi tuman “Tomorqa xizmat” MÇJ klasteri faoliyati bilan ham tanişdi. Aytiş kerakki, mamlakatimizda qişloq xöjaligi sohasida klaster usulining yölga qöyilişi ekin turlarining köpayişiga, natijada hosildorlik ham, daromad ham oşişiga xizmat qilmoqda.
Aktam Haitov tumanda klaster tizimini jadal rivojlantiriş uçun Özbekiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşining tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan 5 mlrd. kredit mablaği ajratilişida amaliy yordam beradigan böldi.
Aktam Hayitov taşrif çoğida kelgusi 3-yilga möljallangan önta ustuvor yönalişda közda tutilgan tumanlar va mahallalarni jadal rivojlantiriş, xizmat körsatiş sohasi salohiyatini töliq işga soliş, qişloq xöjaligini rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş, ayniqsa, yoşlar va ayollarni qöllab-quvvatlaş kabi masalalar böyiça tegişli çora-tadbirlar işlab çiqilişi lozimligi haqida fikr va mulohazalar bildirib, bu borada masʼullarga tegişli tavsiyalar berdi. Şuningdek, aholini uy-joy bilan taʼminlaş, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirişga eʼtibor qaratiş keraligini alohida taʼkidladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶