28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:12
Iqtisodiyot 👁 293

AMUDARYo TUMANINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRIShGA ALOHIDA EʼTIBOR QARATILMOQDA

AMUDARYo TUMANINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRIShGA ALOHIDA EʼTIBOR QARATILMOQDA

Davlatimiz rahbarining Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida hududlarni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida belgilab bergan vazifalari ijrosini taʼminlash maqsadida “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisi oʻrinbosari Azamat Toʻrayev rahbarligidagi ishchi guruh Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi.  

8-oktyabr kuni tashrif buyurgan ishchi guruh tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida tumanimizdagi mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari bilan uchrashib, mavjud muammo hamda kamchiliklar bilan tanishdi. Uchrashuvda tumanda kambagʻallikni qisqartirish, ayniqsa, kam taʼminlangan, ehtiyojmand aholi qatlamini tadbirkorlikka keng jalb qilish, ishsiz fuqarolar bandligini taʼminlash boʻyicha masalalar muhokama qilindi.

Yigʻilishda tumandagi band boʻlmagan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida tikuv mashinalari berildi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan ayol-qizlarga kredit mablagʻlari olishda amaliy yordam beriladigan boʻldi. Xususan, Qipchoq ovulida yashovchi kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan Manzura Oʻrozboyevaning bandligini taʼminlash maqsadida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun “Agro bank” tuman boʻlimi tomonidan 5 mln. soʻm kredit mablagʻi ajratildi hamda yangi tikuv dastgohi berildi. Shuningdek, Boyovul mahallasida yashovchi Shahlo Rajabova hamda Dilfuza Yoʻldoshevalarga yangi tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun kredit mablagʻi olishiga amaliy yordam beriladigan boʻldi.

Shundan soʻng, masʼullar “Agro bank”ning tuman boʻlimidan kredit mablagʻi olib, tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan Feruza Jubatirovaning ish faoliyati bilan tanishdilar. Tadbirkor bankdan 200 mln. soʻm kredit mablagʻi olib, “Feruza-Guli-Med” ultratovushli diagnostika markazini ochgan boʻlib, hozirda aholiga sifatli tibbiy xizmatlar koʻrsatib kelmoqda.

Shu oʻrinda qayd etish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida tumanga biriktirilgan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov ham 3-oktyabr kuni tumanga tashrif buyurib, tumanda tekstil sohasi obʼektlari, amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar, tumandagi sharoiti nisbatan ogʻir boʻlgan mahallalarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar bilan tanishdi hamda  taklif va tavsiyalar berdi.

4-8-oktyabr kunlari Aktam Haitov rahbarligida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi xodimlari hamda “Agro bank” Boshqaruv raisi oʻrinbosari Azamat Toʻrayev rahbarligida ishchi guruhlar tumanni kompleks rivojlantirish boʻyicha oʻrganish ishlarini olib bordilar. 

Shu maqsadda biriktirilgan tashkilotlarning Qoraqalpogʻiston  Respublikasi hamda tumandagi boʻlimlari xodimlari ishtirokida kichik ishchi guruhlar tuzilib, ogʻir hududga kiritilgan 3 ta mahallani rivojlantirish, tumanning “oʻsish nuqta”larini aniqlash, qishloq xoʻjaligi sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026