“Amudaryomaxsuspudrat” MÇJ: Amudaryo tumanida sizot suvlari kötarilmaydi, buning uçun barça çoralar körilgan
Sönggi yillarda mamlakatimizda dehqonçilik madaniyatini oşiriş, yerdan foydalanişda nafaqat iqlim, balki tuproq, yerosti suvlarining, şuningdek yerusti suğoriş tarmoqlarining holatini mukammal örganiş va aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Çunki qişloq xöjalik ekinlaridan yuqori hosil olişning birdan-bir omili – ekin maydonlarining neçoğlik yaroqliligiga boğliq. Bu borada melioratsiya obʼektlarini sifatli taʼmirlaş va tiklaş işlari muhim ahamiyatga ega.
Joriy yilda “Amudaryomaxsuspudrat” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan boş pudrat şartnomasi asosida Amudaryo, Nukus va Bözatov tumanlari hududidagi bir neça kollektorlarida salkam 4 mlrd. sömlik taʼmirlaş-tiklaş işlari amalga oşirilib, 151 km. uzunlikdagi kollektor tarmoqlarida sizot suvlar oqimi böylama hajmi yaxşilandi. Natijada mazkur kollektorlar joylaşgan hududlardagi fermer xöjaliklari va aholi tomorqalarida yerning şörlaniş darajasi keskin kamayib, meʼyorga keltirildi. Paxta va boşqa dehqonçilik mahsulotlari yetiştiriş hajmi oşdi. Bundan taşqari, jamiyat işçi-xizmatçilari tomonidan 2020-yilning 1-oktyabr holatiga boş pudrat şartnomasi asosida tumanimizdagi “K-1-7” kollektor tarmoqlarida rekonstruktsiya işlari muvaffaqiyatli amalga oşirilib, ötgan 9 oy davomida suv xöjaligi va boşqa obʼektlarda jami 4,3 mlrd sömlik taʼmirlaş-tiklaş va rekonstruktsiya işlari amalga oşirilib, salkam 158 km. uzunlikdagi melioratsiya şoxobçalarining zax suvlarini ötkaziş quvvati oşirildi.
15-oktyabr kuni mazkur jamiyat tomonidan amalga oşirilayotgan işlar arhisobi va kelgusidagi rejalar yuzasidan körgazmali seminar bölib ötdi.
Körgazmali seminarni tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Fayzulla Saʼdullayev oçdi va “Amudaryomaxsuspudrat” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan 2020-yilning ötgan 9 oyi davomida amalga oşirilgan keng kölamli taʼmirlaş-tiklaş va rekonstruktsiya işlarini meʼyoriy talablar darajasida olib borilgani sababli tumanimizdagi mavjud ekin maydonlarining meliorativ holati yil sayin yaxşilanib, dehqonçilik madaniyati yuksalib borayotgani xususida töxtalib ötdi. Şundan söng seminar iştirokçilari jamiyat tomonidan olib borilayotgan tuproq-qazuv va taʼmirlaş-tiklaş işlarining sifatini közdan keçirdilar.
Körgazmali seminar iştirokçilari mazkur jamiyat tomonidan 2021-yilda bajarilişi rejalaştirilayotgan “K-2” xöjaliklararo kollektorida amalga oşiriladigan taʼmirlaş-tiklaş işlarining kölami, umumiy iş hajmi bilan ham tanişdilar. Tumandagi “K-2” xöjaliklararo kollektori tarmoqlarida köp yillar davomida rekonstruktsiya va taʼmirlaş-tiklaş işlari olib borilmagan. Natijada hududdagi yer osti sizot suvlarining sathi 1,3-1,5 metrga kötarilib, yer maydonlarining şörlaniş darajasi ortgan. Bu esa aholi tomorqalari va fermer xöjaliklari ekin maydonlarining hosildorligi pasayib ketişiga olib kelgan. Kollektor tarmoqlari kömilib, qamiş va yakan bilan qoplanişi oqibatida suv ötkaziş qobiliyati, böylama hajmi pasayib, gidrotexnik inşootlar yaroqsiz holga kelib qolgan.
Körgazmali seminarda mazkur kollektor tarmoqlarida taʼmirlaş-tiklaş işlari amalga oşirilgandan keyin yer osti sizot suvlari sathi 2-2,2 metrga pasayişi, yerlarning meliorativ holati yaxşilanişi, aholi tomorqa yerlari hamda fermer xöjaliklari ekin maydonlarida hosildorlik oşişi taʼkidlandi. Mazkur kollektorda 2021-yilning noyabr oyigaça 411 ming 257 kubometr hajmdagi tuproq-qazuv, 1 ming 55 kubometr qirqiş işlari amalga oşirilişi, jami 76 kubometr hajmdagi beton va temirbeton, 41 kubometr toş va 76 kubometr şağal sarflanişi közda tutilgan.
Körgazmali seminar iştirokçilari “Amudaryomaxsuspudrat” masʼuliyati çeklangan jamiyat mutaxassislari va işçilari tomonidan amalga oşirilayotgan va rejalaştirilgan işlarga yuqori baho berdilar hamda tumanda va Respublikamizning boşqa tumanlaridagi kollektor-drenaj tarmoqlarini taʼmirlaş-tiklaş hamda rekonstruktsiya qiliş işlarida fidoyilik namunalarini körsatgan mutaxassislar va işçilarga, texnikalarni boşqaruvçi mexanizatorlar, ekskavator maşinistlariga homiylar tomonidan sovğalar topşirildi.

R.Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶