14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 08:03
Adabiyot 👁 160

“Oʻzdek tilim – Oʻzbek tilim”

“Oʻzdek tilim – Oʻzbek tilim”

(baxshiyona)

Koʻz ochib yorugʻ jahonga

Kelganda har bir insonga

Onaning allasi aziz,

Allaning tili eng laziz.

Muqaddas azon aytilib,

Qoʻyilgach ism bitilib,

Quloqqa har kun quyilgan,

Qalbdan joy olib suyilgan

Otamning ravon tili bu,

Onamning biyron tili bu!

 

Mixli tuyoq-la Boychibor

Yoʻrtganda chopolmay nochor,

Barchin “Qur-rey!”i qizdirgan,

Gʻanim tulpordan oʻzdirgan!

Jumanbulbulning jigʻasi,

Qahhor baxshi doʻmbirasi,

Mehnatkashning zafaridan,

Butun dunyo xabaridan

Soʻzlagan latif tildir bu,

Kuylagan zarif tildir bu!

 

Qoshgʻariyning devonida,

Xos Hojibning javonida,

Rabgʻuziy rivoyatlari,

Boqirgʻon hikoyatlari,

Yassaviy hikmatlarida,

Lutfiyning suhbatlarida,

Mir Alisher dunyosida,

Mirzo Bobur “Urho!”sida

Yangragan aziz tildir bu,

Jon kabi laziz tildir bu!

 

Mashrabning “Yo-hu!”shiddati,

Nodirabegimning tiynati,

Choʻlponning oh-nolasida,

Usmon Nosir jolasida,

Fitrat, Botu figʻonida,

Behbudiyning zabonida,

Qodiriy tugʻyonlarida,

Hamzaning isyonlarida

Qaynagan, pishgan tildir bu,

Ilohdan tushgan tildir bu!

 

Qahhor rostligi shu tilda,

Shayxzoda doʻstligi shu tilda.

Oybek, Hamidlar jilosi,

Zulfiyaxonim nolasi,

Abdullaning gʻururlari,

Halimaning sururlari,

Muhammadning nigohlari,

Erkinlarning “E, voh!”lari

Ifoda topgan tildir bu,

Iroda topgan tildir bu!

 

Oʻgʻlimning ehtirosini,

Qizimning pinhon rozini,

Rafiqamning inja dilin,

Nevaramning sujji tilin,

Doʻstlarimning hurmat azmin,

Millat qadri-qimmat ramzin,

Hayoti, mamotlarini –

Barini, barin, barini

Mujassam etgan tildir bu,

Mukarram etgan tildir bu!

 

Gʻayri tilin boy-boʻston deb,

Nodonlar koʻrganida ep,

Qilib koʻksini qalqonlar,

Jon fido qilgan Omonlar,

Turfa goʻzal shevasidan,

Muhabbatning mevasidan,

Istiqlolning kelishini,

Qadri baland boʻlishini

Sabr bilan kutgan til bu,

Zafar tugʻin tutgan til bu!

 

Ona tilim – oʻzdek tilim,

Boqiy mening Oʻzbek tilim!

Gʻirkoʻk tulpor qanotinday oʻzgʻir til,

Boychiborning tuyogʻinday qizgʻir til,

Goʻroʻgʻlining qilichinday keskir til,

Barchinoyning juraginday sezgir til,

Zamaxshariy quvonch bilgan tildir bu,

At-Termiziy tayanch bilgan tildir bu!

Haz etadi shirin jonim soʻylasam,

Doʻmbiram shoʻx sayrab ketar kuylasam.

Salomchi ogʻamnan kelgan noma bu,

Baxtiyor baxshidan bir toʻyona bu!

Ona tilim – oʻzdek tilim,

Boqiy mening Oʻzbek tilim!

 

Tursunboy Abdullayev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019