28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:05
Siyosat 👁 4,104

9-aprel - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

Konstitutsiya - OBOD TURMUSh ASOSI

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilikka erishganidan keyin Qoraqalpogʻiston ham Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga kiradigan suveren demokratik Respublika deb eʼlon qilindi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi 1993-yil 9-aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining 12-sessiyasida qabul qilindi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasiga koʻra, Qoraqalpogʻiston  Respublikasi oʻzining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqid hal qiladi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, Oʻzbekiston  Respublikasi siyosatiga mos siyosatni olib boradi.

Konstitutsiyaning 5-moddasida koʻrsatilishicha, Qoraqalpogʻiston  Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz ramzlari, bayrogʻi va madhiyasiga ega.

Konstitutsiyaning ikkinchi boʻlimi inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari, burch va majburiyatlari toʻgʻrisida boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar qonun oldida tengdir deb koʻrsatilgan.

Konstitutsiyaning yana bitta muhim hususiyatlaridan biri, huquqiy va siyosiy tafakkurning eng yuksak yutuqlarini xozirgi zamon Konstitutsiyaviy ilmini oʻzida mujassam etib, qoraqalpoq xalqi madaniyati va milliy anʼanalarining chuqur ildizlariga suyanganligidir, qolaversa, qoraqalpoq xalqining azaldan, asrlar davomida orzu qilib kelgan oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqining mukammal ravishda ifoda etilganligidir.

Oʻzbekiston Respublikasida yagona fuqarolikning oʻrnatilishiga muvofiq Qoraqalpogʻiston  Respublikasining har bir fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlib hisoblanadi.

Konstitutsiyaning 7-, 8-, 9- va 10-boblari fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari toʻgʻrisida bayon qilingan moddalarni oʻz ichiga oladi.

Fuqarolarning siyosiy huquqlari ham Konstitutsiyaning alohida moddalari bilan belgalab qoʻyilgan, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita oʻz vakillari orqali ishtirok etish, saylash va saylanish, kasaba uyushmalariga, siyosiy  partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish, qonunlarda belgilangan tartibda namoyishlar oʻtkazish, davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqlariga ham egadirlar.

Shuningdek, fuqarolarga shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy huquqlar berilishi bilan birga ularning burch va majburiyatlari ham Konstitutsiyada oʻz aksini topgan, yaʼni fuqarolar qonunlarga rioya qilishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishga, Qoraqalpogʻiston  Respublikasi xalqining tarixiy, maʼnaviy va madaniy  merosini avaylab-asrashga, madaniy yodgorliklarni muhofaza qilishga, tabiatni qoʻriqlashga va ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdilar.

Fuqarolar qonun bilan belgilangan tartibda soliqlar va mahalliy yigʻimlarni toʻlashga, harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga ham majburdirlar.

Bugungi kunda Konstitutsiya jamiyatimizga xalq manfaatlari yoʻlidagi islohotlarni davom ettirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirib, huquqiy asoslar yaratmoqda.

Konstitutsiya inson huquqlarini, barqarorlikni va har bir oilaning munosib hayot kechirishida barcha fuqarolarga ishonchli va istiqbolli yoʻlni belgilab bermoqda.

Fursatdan foydalanib, barchani Konstitutsiya kuni bayrami bilan qizgʻin muborakbod etaman.

P.MATChANOVA,

1-sonli tuman davlat notarial idorasi notariusi, II darajali huquqshunos.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026