28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:33
Qishloq xoʻjaligi 👁 318

Oʻzbekiston Respublikasi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Haitov Amudaryo tumanida boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Haitov Amudaryo tumanida boʻldi

4-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Haitov tomorqa yer egalarining faoliyati bilan yaqindan tanishish va ularni qiynayotgan muammolarni oʻrganish, hal qilishda amaliy yordam berish maqsadida tumanimizga tashrif buyurdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Haitov tumandagi soha masʼullari hamrohligida dastlab Toʻlqin ovulidagi tomorqalar holatini koʻrish va yer egalari bilan suhbatlashish maqsadida hududga tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab ovuldagi tajribali dehqon Oʻrozimbat Kamolovning tomorqasida boʻlib, tomorqa yer egasining yerdan samarali foydalanayotganiga guvoh boʻldilar.

Oʻrozimbat Kamolov tomorqasida turli sabzavot mahsulotlarini yetishtirib, tumanimiz bozorini toʻldirishga hissa qoʻshayotgan dehqonlardan biri. Qolaversa, ovulda mevali daraxtlar ekib, yurtdoshlarimiz dasturxonini har xil mevalar bilan toʻldirayotgan bogʻbon Farhod Boboniyozov ham 1 gektar yer maydonida toʻqsonbosti ekinlar ekib, parvarish qilmoqda. Aytish kerakki, yerdan unumli va oqilona foydalanish dehqonchilikda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻz ishining ilmini olgan dehqon borki, albatta, bu jihatning samarasini yaxshi biladi. Buni bilgan har bir dehqon yerni boʻsh qoldirmaslik, mavsumiy va iqlim sharoitiga mos ekinlar ekib, takroriy hosil olish harakatida boʻladi.

Shundan soʻng, masʼullar Kuyuk koʻpir ovulidagi Sardor Sobirov fermer xoʻjaligida yerlarni lazer uskunasi vositasida tekislashning afzalliklarini koʻrsatish boʻyicha tashkil qilingan seminarda ishtirok etdilar. Seminar ishtirokchilariga lazer uskunasi yordamida yerni tekislash natijasida suvning tejalishi, hosildorlikning oshishi aniq raqamlar misolida tushuntirilib, bu usulni amaliyotga keng joriy etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi.

Ushbu usulda tekislangan ekin maydonlarini sugʻorishda 25 foizgacha suvni tejash va hosildorlikni 10 foiz oshirish amaliyotda isbotlangan. Tumanimiz sharoitimizda esa bu juda yaxshi koʻrsatkich. Boisi, ekin maydonlaridagi baland-pastlik ayrim dalalarda 50 santimetrgacha farq qiladi. Bunday sharoitda ekin bir tekis qonib suv ichmaydi, hosildorlik kutilganidan ancha kam va suv sarfi juda yuqori boʻladi. Koʻrgazmali seminarda ushbu texnologiyani qoʻllash orqali suvdan oqilona foydalanish, hosildorlikni sezilarli darajada oshirish bilan birga, tuproq shoʻrlanishining oldini olishga ham erishilishi taʼkidlab oʻtildi.

Aktam Haitov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida “Amudaryo tomorqa xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyatida ham boʻldi. Tumanimizda tomorqa yerlardan unumli foydalanish, tomorqani haqiqiy daromad manbaiga aylantirishga katta hissa qoʻshayotgan ushbu jamiyat tomonidan bugungi kunda samarali faoliyat olib bormoqda.

“Amudaryo tomorqa xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan bugungi kunda tomorqachilik klasteri tashkil etishni loyihalashtirish ishlari toʻligʻi bilan yakunlangan boʻlib, jamiyatning ustav fondi 3 mlrd. 800 mln. soʻmni tashkil qiladi. Tuman hokimi qarori bilan jamiyatga urugʻ, koʻchat va mineral oʻgʻit sotish doʻkonlari hamda issiqxona qurish uchun 3,3 gektar yer maydoni ajratib berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Haitov Oʻrta qalʼa ovuli xududidagi “Oʻrta qalʼa chorvadori” agrofirmasidagi asalarichilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Bogʻ mahallasi hududida joylashgan mazkur agrofirmada tadbirkor va fermer Erkin Rasulov boshchiligida tuman qishloq xoʻjaligining asalarichilik tarmogʻi yanada rivojlantirilishiga hissa qoʻshilayotir. Ushbu agrofirmani tashkil qilish uchun Erkin Rasulov Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi huzuridagi jamgʻarma hisobidan 1 mlrd. 200 mln. soʻm kredit oldi. Hozirda agrofirmada 1000 ta asalari uyasi mavjud. Asalarichilik agrofirmasining tashkil qilinishi bilan tumandagi 30 nafarga yaqin yoshlarning bandligi taʼminlandi.

 Tumandagi qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan Aktam Haitov soha masʼullari va dehqon, fermerlarga zarur tavsiyalar hamda koʻrsatmalar berdi.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026