“MOHIDIL ŞIFO MED” KLINKASIDA XALQARO DIABETGA QARŞI KURAŞ KUNIGA BAĞIŞLAB XAYRIYa TADBIRI ÖTKAZILDI
Har yili 14-noyabr sanasi butun jahonda «Xalqaro diabetga qarşi kuraş kuni” sifatida nişonlanib kelinadi hamda qandli diabet kasalligiga qarşi kuraşga bağişlangan turli xil tadbirlar ötkaziladi. Uşbu kun insulin gormonini sunʼiy tarzda ajratib olgan va insulinoterapiyaga asos solgan Frederik Bantingning tavallud topgan kuni bölib, 1991-yilda Xalqaro diabet federatsiyasi va Jahln soğliqni saqlaş taşkiloti hamkorligida alohida kun sifatida belgilangan. Frederik Bantingning kaşfiyoti qandli diabet kasalligini töla davolaş imkonini bermasa ham, kasallikni nazorat qilişga hamda kasallikka çalingan köplab insonlarning hayotini saqlab qolişga xizmat qilib kelmoqda.
Uşbu sana munosabati bilan 14-noyabr kuni tumanimizda ham “Mohidil Şifo med” xususiy klinikasida xayriya tadbiri ötkazildi. Klinika tomonidan qandli diabetga qarşi kuraş kuni munosabati bilan tibbiy körikdan ötkaziş xizmati bepul taşkil etilişi oldindan maʼlum qilinganligi sababli uşbu kasallikka çalingan bemorlar tahlil topşiriş maqsadida ertalabdan taşrif buyurdilar. Klinikaning tajribali hamda malakali şifokorlari barça bemorlardan tahlil namunalarini olib, qandli diabet kasalligiga çalinganlik holatini aniqlaşdi.
Tahlil natijalariga köra, 113 nafar qandli diabet kasalligi aniqlangan hamyurtlarimizga klinika tomonidan dori vositalari hamda vitamin preparatlari berildi. Kasallikka qarşi kuraşda samarali bölgan “Trombo ASS”, “Glibenklamid”, “Vitazef”, “Zefak” kabi preparatlar bemorlarga bepul tarqatildi. Şu kuni klinikada barça xizmatlar xayriya tarzida bepul amalga oşirildi. Klinika mudirasi Zulxumor Mamatqulova taşabbusi bilan ötkazilgan mazkur tadbirda klinikaning jonkuyar şifokorlari Nargiza Yöldoşeva, Muborak Nurimbetova, Zumrad Yernazarova, Zamira Yeşimbetovalar bu işlarda jonbozlik körsatdilar.
Şuningdek, klinikaning malakali şifokorlari bemorlarga kasallikni qanday nazorat qiliş kerakligi borasida muhim tavsiyalar berdilar. Tadbir davomida bölib ötgan muloqot davomida bemorlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Şuningdek, şifokorlar soğlom turmuş tarzini şakllantiriş lozimligi, bunda töğri ovqatlanişning ahamiyati, yurak qon-tomir kasalliklari, qandli diabet kabi yuqumli bölmagan kasalliklar butun dunyoda nogironlik darajasi ortişiga va bevaqt ölimlar soni köpayişiga sabab bölayotgani töğrisida gapirib, har qanday kasallikning oldini oliş – davolaşdan köra samarali ekanligini taʼkidlaşdi. Bu kasalliklarni yuqori qon bosimi, tamaki va alkogol mahsulotlarini haddan taşqari köp isteʼmol qiliş, qondagi xolesterinning yuqori darajasi, ortiqça tana vazni, meva va sabzavotlarni yetarliça isteʼmol qilmaslik va jismoniy faollikning sustlaşişi kabi xavfli omillar keltirib çiqarişi tuşuntirilib, qandli diabet va uning asoratlari, davolaş usullari haqida tuşunçalar berildi.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶