QIŞLOQ XÖJALIGINI RIVOJLANTIRIŞGA BAĞIŞLANGAN KÖRGAZMALI SEMINAR ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda qişloq xöjaligini rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor sohada amalga oşirilayotgan islohotlarda öz ifodasini topmoqda. Ayniqsa, tarmoqlar böyiça jahon andozalariga mos innovatsion loyihalarni tatbiq etiş, qişloq xöjalik klasterlarini rivojlantiriş, çorvaçilik va meva-sabzavotçilik yönalişlarida kooperativlar taşkil etiş, pirovardida agrar sohani qişloq xöjalik mahsulotlarini yetiştiruvçi – işlab çiqaruvçi – qayta işlovçi tizimga aylantiriş borasida keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda. Bunda törtta sektor kesimida soha taraqqiyotini jadallaştiriş böyiça belgilangan rejaviy tadbirlar asosidagi öquv-seminarlari hamda körgazmali seminarlar muhim ahamiyatga ega.
Joriy yilning 17-noyabr sanasida tumanimizda qişloq xöjaligi va çorvaçilik sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar hamda sohani rivojlantirişga qaratilgan asosiy vazifalarga bağişlangan körgazmali seminar ötkazildi. Körgazmali seminar işida tumanimizdagi törtta sektor rahbarlari, qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça tuman hokimining örinbosarlari, tuman qişloq xöjaligi bölimi, suv xöjaligi bölimi va tijorat banklari rahbarlari, barça fermer xöjaliklari, klaster korxonalari rahbarlari hamda körgazmali seminar kun tartibidagi masalaga aloqador tegişli taşkilotlar rahbarlari iştirok etdilar.
Kun tartibidagi asosiy masalani iştirokçilarga töliq yetkaziş maqsadida uşbu körgazmali seminar köçma ravişda ötkazildi. Avvalo iştirokçilarga tuman qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan kuzgi-qişgi dala işlarini samarali taşkil etiş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan muhim va dolzarb vazifalar yuzasidan soha masʼullari zarur tavsiyalar berdilar. Şundan söng, Manğit MMTP hududidagi “Rasulov Erkin asalçi” fermer xöjaligida ekinlarni tomçilatib suğoriş tizimini joriy etiş maqsadida mazkur fermer xöjaligi dalalari boşida hovuz-tindirgiçlar quriş işlarining holati közdan keçirildi. Şu barobarida ekinlarni tomçilatib suğoriş texnologiyasining afzalliklari, samaradorligi hamda işçi va texnika kuçidan foydalanişdagi tejamkorlik jihatlari körgazmali vositalar orqali batafsil körsatib berildi. Şu bilan birga tomçilatib suğoriş orqali hosildorlikning oşişi, tejaladigan mablağ va işlab çiqariş kuçlari xususida mutaxassislar aniq hisob-kitoblar böyiça maʼlumotlar berişdi.
Körgazmali seminar tumandagi Döstlik MMTPda qizğin va işçanlik ruhida davom etdi. MMTP hududidagi Navrözbek Boltaboyev rahbarligidagi fermer xöjaligida seminar iştirokçilariga lazerli yer tekislaş amaliyoti, şuningdek, uşbu usulda tekislangan yerning suvni tejaşdagi samarasi maxsus texnika vositalari orqali körsatildi. Agar lazerli yer tekislaş agregatlari yordamida ekin yerlari ekişga tayyorlansa, ayniqsa, bahorgi ekiş mavsumida yerda namlik yetarli darajada saqlanişi hamda uruğning bexato unib çiqişi taʼminlanadi. Ayniqsa, ğöza parvarişida suvdan rejali foydalaniş imkoni yaratiladi.
Körgazmali seminarda qişloq xöjaligi texnikalarini qiş mavsumida ustaxonalarga yiğiş va taʼmirlaş işlarini olib boriş böyiça amaliy tadbirlar ham namoyiş etildi. Döstlik MMTP ustaxonasida davom etgan körgazmali seminar qişloq xöjalik texnikalarini MMTP ustaxonasiga olib kelib, turi va rusumiga monand safga tiziş, kamçiliklarini aniqlaş, şu bilan birga taʼmirlaş işlarini olib boriş işlari amalda körsatib berildi.
Bölib ötgan körgazmali seminar jarayonida fermer xöjaliklari rahbarlari tomonidan tuşgan sohaga oid savollarga masʼul mutasaddilar tomonidan javoblar berildi. Mazkur körgazmali seminar orqali iştirokçilar sohada yuz berayotgan yangiliklar va özgarişlardan xabardor böldilar, şu bilan birga özaro fikrlaşib, tajriba almaşdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶