Senator Amudaryo tumanida amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalari bilan tanişdi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining2020-yil 11-noyabrdagi “2020-2023-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida körsatilgan topşiriqlar ijrosini nazorat qiliş va bu borada amaliy kömak körsatiş maqsadida Amudaryo tumaniga biriktirilgan masʼullar – Oliy Majlis Senati aʼzosi Bahodir Tajiyev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Qonuniylik, sud-huquq va korruptsiyaga qarşi kuraşiş masalalari qömitasi raisi Zuhra Reimovalar tumanda bölib, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi loyihalarning amalga oşirilişi bilan yaqindan tanişib, uyma uy yuriş orqali aholi muammolarini örganmoqdalar.
Maʼlumki, Senat Kengaşining tegişli qaroriga muvofiq hududlarga biriktirilgan senatorlarga 2020-2023-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oşiriş, qarorning mazmun-mohiyatini keng jamoatçilikka yetkazişga qaratilgan tadbirlarni ötkaziş, hal etilmagan dolzarb muammolar röyxatini şakllantiriş, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”ga kiritilgan oilalar bilan tizimli işlaş mexanizmiga alohida eʼtibor qaratiş, mavjud muammolarni muntazam tahlil qilib boriş vazifalari topşirilgan.
23-noyabr kuni senator B.Tajiyev va Jöqorği Kenges qömita raisi Z. Reimovalar tuman hokimi S.Yöldaşev hamrohligida Oq oltin ovulidagi fuqaro Örinboy Şomuratovning xonadonida bölib, oilaviy ahvoli bilan tanişdi. Fuqaro Örinboy Şomuratov oilasidagi moddiy yetişmovçililar sababli uyini taʼmirlatişda amaliy yordam sörab tuman hokimligiga murojaat qilgan edi. Senatning qömita raisi rahbarligidagi işçi guruh oilaning ahvoli bilan tanişib, homiylarni jalb qilgan holda fuqaroning uyini taʼmirlatişda amaliy yordam berişini maʼlum qildi.

“2020-2023-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori bilan 2020-2022-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasida amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati tasdiqlangan edi. Işçi guruh mazkur manzilli röyhatga “Amudaryo sohili” fermer xöjaligida çorvaçilikni rivojlantiriş loyihasi bilan tanişdi.

Tölqin ovulida faoliyat yuritayotgan “Amudaryo sohili” fermer xöjaligi tomonidan çorvoçilikni rivojlantiriş loyihasi doirasida Niderlandiyadan 95 boş zotdor çorva mollari olib kelingan. Yil yakuniga qadar yana 251 boş molllar olib kelinişi rejalaştirilgan. Qiymati 9 mlrd. sömni taşkil etadigan mazkur loyiha tadbirkorning 1mlrd sömlik öz mablaği va bankning 8 mlrd. sömlik krediti hisobidan amalga oşiriladi. Loyiha işga tuşişi natijasida yana 10 ta yangi iş örinlari yaratiladi. Fermer çorvaçilik sohasida kata tajribaga ega. Birgina 2020-yilda çorva mollari nasldorligini yaxşilaş, çetdan keltirilgan nasldor mollarni tumanimiz iqlim şaroitiga moslaştiriş maqsadida mazkur fermer xöjaligida Qozoğistondan 40 boş zotli qoramollar keltirildi. Masʼullar kompleksda çorva qişlovini betalofat ötkaziş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan ham yaqindan tanişdilar.
Şuningdek, senator va deputatlar investitsiya loyihalarning manzilli röyxatiga kiritilgan “Erkin Rasulov asalçi” fermer xöjaligi tomonidan amalga oşirilayotgan parrandaçilikni rivojlantiriş hamda sovutgiçli siğim taşkil etiş loyihasi bilan ham tanişdilar. Qiymati 500 mln söm bölgan mazkur loyiha tadbirkorning 280 mln. söm mablaği hamda 220 mln. söm bank krediti hisobiga amalga oşirilmoqda. Sovitgiçli siğim 2020-yil dekabr oyi yakuniga qadar işga tuşiriladi. Loyiha işga tuşişi natijasida 10 ta yangi iş örinlari yaratilib, meva-sabzavot va poliz mahsulotlarining narxi qiş faslida ham barqaror bölişiga zamin yaratiladi.
Fermer Erkin Rasulov parrandaçilik sohasi bilan bir neça yillardan beri şuğullanib keladi. Mehmonlarga mazkur fermer xöjaligi misolida Amudaryo tumanida parrandaçilikni rivojlantiriş, bozorlarimizni tuxum va tovuq göşti bilan uzluksiz taʼminlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumotlar berildi.

Aytiş kerakki, Prezident qarori bilan tasdiqlangan 2020-2022-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasida amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxatiga Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça 1 359 ta, Amudaryo tumani böyiça 77 ta loyihalar kiritilgan bölib, ularni amalga oşirişning aniq muddatlari, loyihalarni moliyalaştiriş manbalari belgilab qöyilgan. Senator B.Tajiyev mazkur loyihalarni belgilangan muddatlarda töliq amalga oşiriş, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, yangi iş örinlarini taşkil qiliş va aholining turmuş farovonligini yanada yaxşilaşga zamin yaratişni taʼkidlab, bu boradagi işlar maxsus ştab tomonidan muvofiqlaştirilib, yuzaga kelgan muammolar öz vaqtida hal qilib borilişini qayd etib ötdi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶