DÖRMANDA YaNGI TsEX IŞ BOŞLADI
Bugungi kunda mehnat qilişga yaroqli, iş bilan band bölmagan aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Çunki bandlik – oila farovonligini taʼminlaydi.
Yaqinda Dörman ovulida bu borada yana bir xayrli işga qöl urildi. Ovul fuqarosi, çevar Nazokat Abdurahmonovaning OFY binosining böş turgan ikki xonasida tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş xususidagi taklifini yiğin raisi Otamurod Yusupov qöllab-quvvatladi va amaliy yordam berib, xonalar tartibga keltirildi.
Hozirgi kunda uşbu foydalanilmay turgan ikki xonada Nazokat Abdurahmonova tikuvçilik tsexi faoliyatini yölga qöydi. «Nazokat-Salomat» oilaviy korxonasini taşkil etib, iş boşlagan çevar Nazokat Abdurahmonova «Agrobank» tuman filialidan 12 million sum imtiyozli kredit hisobiga uçta yangi, zamonaviy tikuv maşinasi sotib olib, yana Salomat Ahmedova, Yangiljon Abdurahmonovalarni ham doimiy iş bilan band qildi.
Qöli gul çevarlar ayni kunda ovul aholisining buyurtmalarini tez va sifatli bajarib berişmoqda.
Sevara ISMOILOVA.
Suratda: (çapdan) oilaviy korxona rahbari N.Abdurahmonova, hamkasblari S.Ahmedova, Ya.Abdurahmonovalar bilan.
M.Şomurodov olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶