Amudaryo tumani hokimi S.Yöldaşev Özbekistonning xorijiy davlatlardagi elçilari bilan uçraşdi
Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev taşabbusi bilan hududlarning investitsiya va eksport salohiyatini oşiriş, yangi eksport bozorlarini topiş böyiça amaliy yordam körsatiş maqsadida Özbekistonning xorijdagi elçilari Respublikaning şahar va tumanlariga biriktirilgan edi.
Bu boradagi işlarni yanada jonlantiriş maqsadida joriy yilning 21-26-dekabr kunlari Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar delegatsiyasi Favqulodda va muxtor elçilar boşçiligida Qoraqalpoğiston Respublikasida böladi.
Bugun – 21-dekabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida “Qoraqalpoğiston Respublikasining investitsion va eksport salohiyati” nomli körgazma taşkil qilindi.
Körgazma doirasida Amudaryo tumani hokimi S.Yöldaşev Özbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elçisi Baxtiyor Saidov, Italiyadagi Favqulodda va muxtor elçisi Otabek Akbarov, Singapurdagi Favqulodda va muxtor elçisi Qahramon Şokirovlar bilan uçraşdi.
Uçraşuvlarda elçilarga Amudaryo tumanining investitsion va eksport salohiyati, tuman tadbirkorlari tomonidan işlab çiqarilayotgan eksportbop mahsulotlar hamda tumanning investitsiyaviy jozibadorligi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Yaqin kunlarda Özbekistonning bir neça xorijiy davlatlardagi elçilarining Amudaryo tumaniga taşrif buyurişi kutilmoqda. Taşrif davomida elçilarning tumandagi yirik sanoat korxonalari, eksport bilan şuğullanayotgan tadbirkorlarning işlab çiqariş obʼektlariga taşrifi közda tutilgan.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶