Yangi yil madhi
Yangi yil! Biz keldik yoruğ yuz bilan,
Ortimizda porloq, nurli iz bilan.
Maşaqqatlar yukin yelkadan olib,
Heçda bukilmagan qadd-u tiz bilan.
Sinovlar köp böldi, sinovlar oğir,
Zahridan dil yara, yelkalar yağir.
Xalq birdam bölgan dam Vatan yuksalib,
Matonatga doxil böldik baribir.
Har uyda oçildi masjid, maktablar,
Birlaşdi maqsadlar, imon, matlablar.
Bir yuz öttiz olti tilda sözlaşgan
Birdam xalq böldik biz, birdam millatlar.
Tarix sahfasida yangi zarvaraq,
Yaşarib ketganday atrof, tevarak.
Kumuş gullar soçib boşlarimizdan,
Bizni qutlayotir hattoki falak.
Vatan dönib borar yam-yaşil rangga,
Çöl-u sahrolar ham jannat, qarang-a!
Mehr nurlariga limmo-lim Orol –
Orolqum aylanib kamalakrangga.
Biz yaşab yuribmiz, orzular tengsiz,
Umidlar sönmagan, umidlar söngsiz.
Qaytib kelar, deya suvlar karvoni –
Orolqumni yuvib jonajon Dengiz!
Bir yilni qaritdik, dil töla tuğyon,
Tarixiy lahzalar, ertaklar bir yon.
Ertaklardan xoli hayotga muştoq
Qalblarda yuksalib Vatan va imon.
Har uyda boşlandi Yangi yil bazmi,
Jaranglar soçmoqda istiqlol nazmi.
Yaşil yoğdulardan çaroğon Vatan
Kengliklarin quçgan yaratiş azmi.
Buyuk evrilişlar boşlanar yana,
Yaratmoq – irsiyat, mehnat – anʼana.
Yangi Özbekiston bağrida mangu,
Tinçlik bor! Tinmagay bayram, tantana!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶