XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGAŞINING 23-SESSIYaSI TÖĞRISIDA AXBOROT
29-dekabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengaşining 23-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiya majlisida Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari Maryam Ahmedova, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, bölimlar, jamoat taşkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar. Sessiya işiga tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev raislik qildi hamda olib bordi.
Sessiyada kun tartibidagi dastlabki – tuman mahalliy byudjetining 2021-yilgi asosiy körsatkiçlari töğrisidagi masala yuzasidan tuman Moliya bölimi boşliği Uluğbek Bekniyazovning hisoboti tinglandi. Hisobotda 2021-yilda tuman mahalliy byudjetining daromadlari va xarajatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala – “Temir daftar”dagi röyxat böyiça yordamga muhtoj oilalarga manzilli yordam körsatiş va aholining, ayniqsa, xotin-qizlar va yoşlarning bandligini taʼminlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar böyiça Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşevning hisoboti tinglandi. Deputatlarga “Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalar, ularni moddiy qöllab-quvvatlaş böyiça körilgan çoralar, 2020-yil davomida tumanda yaratilgan yangi iş örinlari hamda xotin-qizlar va yoşlarni iş bilan taʼminlaş böyiça amalga oşirilgan işlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Sessiya kun tartibiga qöyilgan navbatdagi – yer ajratiş, egalik qiliş, foydalanişga va ijaraga beriş masalalarini körib çiquvçi doimiy komissiya qaroriga doir masala yuzasidan tuman hokimi örinbosari Fayzulla Saʼdullayevning hisoboti tinglandi. Hisobotda kontraktatsiya şartnomalarini bajarmagan hamda öz xohişiga köra faoliyatini töxtatayotgan fermer xöjaliklari rahbarlarining arizalari körib çiqilib, ularning egaligidagi yer maydonlari tuman zahira yer fondi hisobiga qaytarib olingani taʼkidlab ötildi.
Şuningdek, sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlarini moddiy va maʼnaviy rağbatlantiriş töğrisidagi masala ham körib çiqildi. Doimiy komissiyalar tomonidan tavsiya qilingan nomzodlar orasidan Ilhom Polvonov “Adolatli deputat”, Maqsud Saʼdullayev “Mehnatkaş deputat”, Hamro Xodjayev “Xalqparvar deputat” dep topildi. Xalq deputatlari tuman Kengaşining avvalgi çaqiriğida faoliyat yuritgan deputat Gulasal Matyakubova “Faxriy deputat” deb topildi.
Sessiyada şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining 28-maydagi qaroriga asosan Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan koronavirus pandemiyasiga doir qabul qilingan Farmon va Qarorlarida belgilangan vazifalarning bajarilişi böyiça amalga oşirilgan çora-tadbirlar ijrosi atrofliça muhokama qilinib, muzokaralar ötkazildi.
Karantin tadbirlarini yumşatiş doirasida faoliyatiga ruxsat berilgan sohalar, ayniqsa, işlab çiqariş, xizmat körsatiş va savdo korxonalarida sanitariya qoidalariga qatʼiy amal qilinişi, hududda koronavirus infektsiyasi kirib kelişining oldini oliş, aholi orasida soğlom turmuş tarzini keng turda tarğib qiliş, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal etilişi, aholini dori-darmonlar, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika va eng zarur mahsulotlarga bölgan talablarni taʼminlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlarning samaradorligi töğrisidagi masala ham deputatlar tomonidan keng muhokama qilindi.
Sessiyada şuningdek, “2017-2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid tuman dasturining ijrosi, tumanda huquqbuzarliklarning oldini oliş va ularning profilaktikasi böyiça amalga oşirilayotgan işlar hamda sessiya vakolatiga kiruvçi boşqa masalalar ham muhokama qilindi.
Sessiya kun tartibida körilgan barça körilgan masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya yakunida turli sohalarda mehnat qilib, davlat ravnaqi va jamiyat taraqqiyoti yölidagi islohotlarni amalga oşirişda faol iştirok etib kelayotgan bir guruh faollarga ham tuman hokimi tomonidan qimmatbaho sovğalar topşirildi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶