28 NAFAR BOLAJONLARGA “PREZIDENT SOVĞASI” TOPŞIRILDI
Yangi yil bayrami arafasida Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldoşev va barça sektorlar rahbarlari öz hududlaridagi bolajonlarning uylariga borib, Yangi yil bilan qutlab, Prezident sovğalarini topşirdi. Navbatdagi lavhamiz şu haqida.
Butun dunyo aholisini jiddiy sinovlardan ötkazayotgan koronavirus pandemiyasi garçi, mamlakatimizda sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorligiga erişilayotgan bölsa-da, karantin çeklovlariga qatʼiy amal qilişni taqozo etmoqda. Hukumat qaroriga köra, şu boisdan ham Yangi yil bayramini korxona-taşkilotlarda, oliy, umumiy örta taʼlim, maktabgaça taʼlim taşkilotlarida korpoorativ nişonlamaslik tavsiya qilindi. Bayramni hamma öz oilasi davrasida nişonlaş, odamlar köp yiğiladigan joylarga bormaslik, Maktabgaça taʼlim, umumiy örta taʼlim taşkilotlarida “Prezident arçasi” bayram tomoşalarini ham ötkazmaslik topşirildi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi “Prezident arçasi” tadbiriga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi tegişli bayoniga köra, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, şuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uçun 2020-yilgi “Prezident arçasi” tadbiri Covid-19 virusi bilan boğliq pandemiya şaroitida respublikada joriy etilgan karantin talablariga qatʼiy rioya etilgan holda ötkazildi.
Şuningdek, şahar va tumanlar hokimliklariga joriy yil 29-30-dekabr kunlari Mehribonlik uyi, Bolalar uyi tarbiyalanuvçilari, mahallalardagi ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, şuningdek, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qiliş yölida qurbon bölgan bolalarga “Prezident sovğasi”ni yaşaş manzillariga olib borib tarqatişi belgilandi.
Bolajonlar uçun Yangi yil bayrami, bayram munosabati bilan ötkaziladigan tomoşalar, yam-yaşil arça atrofida Qorbobo va Qorqiz hamrohligidagi öyin-kulgular olam-olam zavq bağişlaydi, teatrlaştirilgan tomoşalar öçmas taassurotlar qoldiradi. Ammo bugungi kundagi epidemiologik vaziyat inobatga olinib, joriy yilda buningdek tomoşalar taşkil qilinmasa-da, xalqparvar va bolajon hukumatimiz topşiriğiga köra, köngli yarim, ota-ona qarovisiz qolgan, kam taʼminlangan oilalar farzandlariga Prezident sovğalari topşirilgani bolalarga olam-olam şodlik baxş etdi.
29-30-dekabr kunlari tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev va barça sektorlar rahbarlari öz hududlaridagi ana şunday bolajonlar uylariga borib, Yangi yil bilan qutlab, Prezident sovğasini topşirdilar.
Xususan, tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev Manğit şahrining Gulzor mahallasida istiqomat qiluvçi Asadbek Madrahimov, Madinabonu Mahrahimova, Olmazor mahallasida yaşovçi Umidbek Jumaniyozov, Maftuna Ollamberganova, Gulzor mahallasida yaşovçi Çaros Rahimovalar yaşovçi xonadonlarga taşrif buyurib, Prezidentimizning Yangi yil sovğasini topşirdi. Tuman hokimi bolajonlar bilan dildan suhbatlaşib, yaşaş şaroitlari bilan tanişdi.
Şuningdek, tumandagi boşqa sektorlar rahbarlari ham öz hududlarida bolajonlarga Prezident sovğalarini topşirdilar. 3-sektor rahbari, tuman Içki işlar bölimi boşliği Uluğbek Xudoyberganov sektor hududida istiqomat qiluvçi Behruz Asqarov, Şohruz Asqarov, Hikmatilla Rahimov, Omonboy Ğoyibov, Sevinçoy Erkinova, Behruz Xudoyberganovlarga Prezident sovğasini topşirib, Yangi yil bayrami bilan qutladi, öqişlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Bayram arafasida tuman böyiça 28 nafar bolajonlarga xonadonlariga taşrif buyurilib, sektorlar rahbarlari tomonidan Prezident sovğalari topşirildi va bayram quvonçlari hadya etildi.
Oygul Rajabova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶