28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 19:28
Qishloq xoʻjaligi 👁 278

SUV TEJOVChI TEXNOLOGIYaLARNI JORIY QILISh BOʻYIChA KOʻRGAZMALI SEMINAR-KENGASh BOʻLIB OʻTDI

SUV TEJOVChI TEXNOLOGIYaLARNI JORIY QILISh BOʻYIChA KOʻRGAZMALI SEMINAR-KENGASh BOʻLIB OʻTDI

Mamlakatimizda suv resurslariga boʻlgan talab tobora ortib borayotgani inobatga olinib, undan tejamli va samarali foydalanish asosida sugʻoriladigan maydonlardan olinadigan hosil miqdorini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, sifatini yaxshilash hamda ichki bozorning  toʻkinligini taʼminlash orqali aholi turmush darajasini yaxshilash borasida izchil islohotlar olib borilayapti.

Butun respublikamizda boʻlgani kabi tumanimizda ham sugʻorish yoʻllari bosqichma-bosqich tozalanib, gidrotexnik inshootlar oʻz vaqtida taʼmirlanmoqda, suvni koʻp talab qiluvchi ekinlar oʻrniga yangi intensiv bogʻlar barpo etilayotir. Natijada suvni tezkor boshqarish, isteʼmolchilarga oʻz vaqtida yetkazib berish taʼminlanmoqda, suv isrofiga barham berilayotir.

Shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarning keng joriy etilishi ham keyingi yillarda har uch-toʻrt yilda bir marta takrorlanayotgan suv tanqisligini  yumshatishga hissa boʻlib qoʻshilmoqda. Bunga egatga plyonka toʻshab sugʻorish, oʻqariqlar oʻrniga egiluvchan quvurlardan foydalanish, tomchilatib sugʻorish usullari kiradi.

17-yanvar kuni tumanimizning “Xizr eli” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Rajabov-Omonboy” fermer xoʻjaligi dalasida tomchilatib sugʻorish texnologiyasining afzalligini targʻib etish, joriy qishloq xoʻjaligi yilida ushbu texnologiyadan foydalanish evaziga suv taqchilligining oldini olish mavzusida koʻrgazmali seminar-kengash boʻlib oʻtdi.

Tadbirga tumanimizdagi muqobil mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklari raislari, qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari ishtirok etdilar.

“Rajabov Omonboy” fermer xoʻjaligi - koʻp tarmoqli xoʻjalik hisoblanadi. Joriy yilda xoʻjalikning 45 gektar yeriga paxta ekish va shuning 30 gektariga tomchilatib sugʻorish texnologiyasini oʻrnatish rejalashtirilgan.

Koʻrgazmali seminar-kengashda ishtirok etgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Alisher Yoqubov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari Aloviddin Mamadkarimov, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligining shartnoma boʻlimi xodimi Bekturdi Quvvaqov, tuman hokimi oʻrinbosari Fayzulla Saʼdullayevlar tumanimizda 2021-yilda ekin maydonlarda suv tejovchi tomchilatib sugʻorish usulini keng joriy etish, bundan kutiladigan ijobiy natijalar xususida batafsil tushuntirdilar va ushbu usulni qoʻllash amaliyoti bilan tanishtirdilar.

Shunisi eʼtiborliki, joriy yilda tumanimizning 2 ming 860 gektar ekin maydonini tomchilatib sugʻorish usulida sugʻorish rejalashtirilmoqda va buning uchun fermer xoʻjaliklari raislari tomchilatib sugʻorish texnologiyasini oʻrnatish boʻyicha pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzgan.

Koʻrgazmali seminar-kengashda bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar atroflicha tushuntirildi. Muqobil mashina-traktor parklari mutaxassislari, fermer xoʻjaliklari raislari mavzu yuzasidan masʼullarga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, atroflicha javoblar oldilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026