«Jayxun ilhomlari» nodavlat notijorat taşkiloti ijodkor yoşlar va ularning ota-onalari bilan uçraşdi
Tumanimizda «Jayxun ilhomlari» nodavlat notijorat taşkilotining iş boşlaganiga 5-yildan ziyod vaqt ötdi. Bu muddat içida mazkur taşkilot havaskor şoir, yozuvçilar, sanʼatsevar yoşlarni izlab topiş va ularning ijod namunalarini elga tanitiş maqsadida faoliyat olib bordi.
Taşkilot aʼzolarining ijodkor yoşlarni kaşf qiliş va ularni rağbatlantiriş maqsadida Nazarxon ovulidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabida böldi. Bu maktabda yoş iqtidor egalari juda köp. Ular özlarning jajji şeʼr va hikoyalari bilan köpçilikka manzur bölib kelişmoqda. Maktabning 9-sinf öquvçisi Şahzoda Jölliboyeva, Toşkent şahrida ötkazilgan kastingda qatnaşib, ğolib bölib, yoş jurnalistlar maktabiga qabul qilindi.
Maktab öquvçilaridan Navbahor Sarsenboyeva, Qunduz Aliboyeva, Muhabbat Örinbosarova, Şaryar Qurbonboyev, Şaxsanam Qosimova, Miyirgul Örozboyeva, Senduğaş Davlatboyevalar ham özlarining ijodiy namunalari bilan ança tanilgan. Ularning badiiy ijodiyotda yutuqlarga erişişida maktabning qoraqalpoq tili va adabiyoti fani öqituvçisi Juldiz Turğanboyeva, özbek tili va adabiyoti fani öqituvçisi Farida Yendirboyevalarning saʼy-harakatlari salmoqli bölmoqda.
Qolaversa boy adabiyotga ega bölgan maktab kutubxonasi ham doim öquvçilar xizmatida. Öquv zali muntazam işlab turibdi. Kutubxona mudirasi Tazaxon Xidirniyazova maktab öquvçilari uçun zarur kitoblarni topib berişga doimo tayyor.
Maktabda ota-onalar bilan bölgan uçraşuvda “Jayxun ilhomlari” nodavlat-notijorat taşkiloti raisi Örozali Reyimov sözga çiqib, ijodkor yoşlar uçun yaratib qöyilgan keng imkoniyatlarga töxtalib ötdi. Jumladan, havaskor şoir va yozuvçilarning şeʼr, hikoyalari “Taraqqiyot közgusi”, “Mening oilam” gazetalari sahifalarida, Amudaryo televideniyesining körsatuvlarida muntazam yoritib borilayotgan aytib ötildi. Şuningdek, tumanimizda taşkil etilgan naşriyot orqali ijodkorlarning kitoblari çop etilişi ham yiğilganlarga tuşuntirildi.
Taşkilot tomonidan yoş ijodkorlarga har tomonlama yordam berib, qulayliklar yaratib qöyilganligi uçun maktabning murabbiylar jamoasiga, ota-onalarga minnatdorçilik bildirildi.
“Jayxun ilhomlari” nodavlat-notijorat taşkilotining asosiy maqsadi adabiyot, musiqa, badiiy va amaliy sanʼat ravnaqiga hissa qöşiş va havaskor şoirlar, havaskor yozuvçilar, ijodkorlar, sanʼatkorlar, amaliy sanʼat ustalarini qöllab-quvvatlaş, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxşilaşda yordam berişdan iborat.
Sönggi yaqin yillarda tumanimizda yaşab, ijod qilayotgan şoir va yozuvçilarning 40 dan ziyod kitoblari çop etilib, öquvçilarga taqdim etildi. Bu yutuqlarda ham mazkur taşkilotning munosib hissasi bor albatta.
Taşkilot tomonidan yoş iqtidor egalarini izlab topiş işlari tizimli davom ettilmoqda. Taşkilotning asosiy maqsadi tumanimizdagi iqtidor egalarini izlab topib, ularning ijod namunalarini ommaga taniştirişdir. Bu borada tumanimizda keng imkoniyatlar bor. Öz ijod namunalari öquvçilarga taqdim qilişni istagan har bir ijodkor bu taşkilotga murojaat qilişi mumkin. Murojaat qiluvçilar taşkilot aʼzoligiga qabul qilinadi va ijod namunalari muntazam yoritib boriladi.
Örozali REYIMOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶