28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:19
Salomatlik 👁 283

ChOYKOʻL OVULIDA QUTURISh KASALLIGINING OLDINI OLISh BOʻYIChA KOʻRGAZMALI SEMINAR TAShKIL ETILDI

ChOYKOʻL OVULIDA QUTURISh KASALLIGINING OLDINI OLISh BOʻYIChA KOʻRGAZMALI SEMINAR TAShKIL ETILDI

Quturish kasalligi insoniyatni jiddiy tashvishga solayotgan muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu kasallik 150 dan ortiq mamlakat va hududlarda uchraydi. Dunyoda har yili 55 ming nafar inson quturish kasalligidan jabr chekadilar. Ayniqsa, bahor mavsumida davosi hali topilmagan bu kasallikning yuqtirish xavfi ortadi.

Yurtimizda quturish kasalligining oldini olish va tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida muntazam ravishda muhim chora-tadbirlar koʻrib boriladi.  Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Obodonlashtirish boʻlimi hamda boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida tushuntirish-targʻibot ishlari amalga oshiriladi.

Mazkur yilda ham 20-yanvardan 1-martga qadar boʻlgan vaqt oraligʻi “Quturish kasalligiga qarshi kurashish oyligi” deb eʼlon qilindi va bu boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

1-fevral kuni Choykoʻl ovulidagi 42-maktabda “Quturish kasalligiga qarshi kurashish oyligi” doirasida koʻrgazmali seminar oʻtkazilib, kasallikning oldini olish boʻyicha tushunchalar berildi. Oylik doirasida tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu seminarda tegishli tashkilotlar masʼullari ishtirok etdilar. Seminar davomida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi bilan hamkorlikda “Odamlar va hayvonlarda quturish kasalligining oldini olish borasida Favqulodda vaziyatlar xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida oʻquv mashgʻulot oʻtkazildi. Mashgʻulotga jami 4 ta texnika jalb qilinib, Favqulodda vaziyatlar boʻlimidan 78 nafar shaxsiy tarkib aʼzolari qatnashdi.

Oʻquv mashgʻulot davomida koʻrgazmali tarzda insonga it tajovuz qilgan paytda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar koʻrsatib berildi. Tadbirning taʼsirchanligini oshirish maqsadida oʻtkazilgan amaliy mashgʻulot davomida jarohatlangan odamga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, itning tekshirilishi uchun Obodonlashtirish boʻlimi xodimlari tomonidan olib ketilishi, voqea joyida Veterinariya xizmati tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar barchasi koʻrsatib berilgani yanada maqsadga muvofiq boʻldi.

Shundan soʻng, veterinariya xizmati xodimlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan keng qamrovli tadbirlar, aholi oʻrtasida kasallikdan himoyalanish boʻyicha koʻrilayotgan choralar, targʻibot va tashviqot ishlari toʻgʻrisidagi maʼruzalar tinglandi. Jumladan, tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi tomonidan yanvar oyida 800 bosh it profilaktik emlangani, mutaxassislar tomonidan hududlarda emlash ishlari davom ettirilayotgani, emlashni uzluksiz olib borish uchun zahiralar yetarliligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Shu oʻrinda har bir hududdagi fuqarolar yigʻinlari masʼullari xonadonlarda boqilayotgan uy hayvonlari, asosan it va mushuklar roʻyxatini shu hududga masʼul boʻlgan veterinariya xodimiga taqdim etishi kerakligini aytib oʻtildi. Fuqarolarning it saqlash qoidalariga rioya etmasliklari va hayvonlar bilan munosabatda ehtiyotsizlikka yoʻl qoʻyilishi oqibatida quturish kasalligi kelib chiqishi, beparvo boʻlmaslik kerakligi tushuntirildi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari tomonidan quturish kasalligi – oʻtkir kechuvchi, oʻta xavfli zooantroponoz yuqumli kasallik ekanligi, oxiri oʻlim bilan tugashi toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Bugungi kunda ushbu kasallikning davosi ishlab chiqilmaganligi, quturish kasalligining manbai, asosan kemiruvchilar, daydi va qarovsiz itlar, mushuklar hamda yovvoyi hayvonlar hisoblanishi taʼkidlandi. Ushbu kasallikni davolashdan koʻra, undan ehtiyot boʻlishga, himoyalanishga harakat qilish afzalligi aytilib, choralari toʻgʻrisida keng toʻxtalib oʻtildi.

Seminar davomida shu kabi targʻibot tadbirlarini barcha hududlarda keng miqyosda oʻtkazilishi kerakligi, aholini it va mushuklarni roʻyxatga olish, kasallikka qarshi emlatish choralarini koʻrib borishga ogohlantirish uchun muntazam ravishda tushuntirish ishlari tashkil etish choralari muhokama etildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi va keng tushunchalarga, maʼlumotlarga ega boʻlishlari taʼminlandi.

T.Abdullayev, tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026