28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:18
Siyosat 👁 283

SEKTORLAR RAHBARLARI YoShLAR BILAN UChRAShDI

SEKTORLAR RAHBARLARI YoShLAR BILAN UChRAShDI

Yosh avlodga eʼtibor har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etayotgan ayni davrda ularning orzu-istaklari, qiziqish va intilishlari bilan tanishish, shunga koʻra ragʻbatlantirish asosiy masalaga aylandi. Prezidentimiz ham bu borada 2020-yil 29-dekabr kungi Oliy Majlisga Murojaatnomasida va mamlakatimizda birinchi bor oʻtkazilgan Oʻzbekiston yoshlari forumida yoshlarga oid davlat siyosatini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish boʻyicha eng dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Joriy yilning 3-fevral kuni Amudaryo tuman hokimligi majlislar zalida ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash va yoshlarni qiynayotgan muammolar bilan tanishish, bartaraf etilishga koʻmaklashish maqsadida Prezidentning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi mudiri Salauatdin Xudoybergenov boshchiligida yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi mudiri Rinat Aytmurodov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4 ta sektor rahbarlarining oʻrinbosarlari yaʼni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari Murat Jumanov, Respublika Prokuraturasi boʻlim boshligʻi Alisher Rahimov, Respublika Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Islom Ahmedov hamda Respublika Davlat Soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sabit Yerniyazov, Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Prezidentning Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, Bosh Vazirning Amudaryo tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi mudiri Akbar Xoʻjamurodov va tumandagi boshqa korxona-tashkilotlar rahbarlari, faol yoshlar qatnashdi.

Masʼullar tomonidan dastlab, mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, ularning komil insonlar, kelajakka munosib vorislar boʻlib yetishishlari uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, tumanda bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, asosan “Temir daftar” va “Yoshlar daftar”iga roʻyxatga olingan yoshlarga, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor kabilarga keng toʻxtalib, joriy yilda ham isteʼdodli yoshlarning qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, yosh avlodning jismoniy va maʼnaviy yetuk boʻlib ulgʻayishi, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish hamda har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan koʻplab loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgani toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Uchrashuv davomida “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan yoshlar orasida tadbirkorlikka qiziquvchi fuqarolarga berilayotgan imkoniyatlar, tumandagi yangi ish oʻrinlari, “Yoshlar: 1+1” dasturining aӽamiyati, biznes gʻoyani amalga oshirish va ajratilayotgan subsidiyalarning yangi mexanizmi boʻyicha interfaol usulda seminar-trening tashkil etildi. Shuningdek, kiber jinoyatning oldini olishga oid videorolik ham namoyish etildi.

Shundan soʻng, sektorlar rahbarlari, tegishli mutasaddilar tomonidan yoshlarni kiynayotgan muammolar, fikr va takliflar tinglanib, atroflicha oʻrganildi.

Uchrashuv davomida 91 nafar yoshlar oʻzlarini qiynab kelayotgan muammolari, takliflari bilan masʼullarga bartaraf etilishda koʻmak berishlarini soʻrab, murojaat qildi. Ulardan 24 nafarining murojaati joyida oʻrganilib, ijobiy hal qilindi.

Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi mudiri Rinat Aytmurodov ham tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlardan 7 nafarining murojaatini qabul qilib, tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha ularga atroflicha tushunchalar berdi. Shundan 5 nafar murojaat egasining muammosi joyida bartaraf etildi.

Taʼkidlash joizki, uchrashuv davomida bandlik masalasi boʻyicha qilingan 20 ta murojaatga joyida yechim topildi. Murojaat qilgan yoshlar mutaxassisligiga, yoʻnalishlariga koʻra tuman Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim va shu kabi boshqa korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirildi. Bundan tashqari, issiqxona qurish, yer bilan taʼminlash va kredit olish masalalari boʻyicha yoshlardan qabul qilingan murojaatlar ham ijobiy hal qilindi. Mazkur masalada murojaat qilgan yoshlarga ham muammolariga yechim topib, koʻmak berish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi va joyida hal qilinishiga erishildi.

Aytish joizki, yoshlar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish natijasida aniqlangan 6 ming 753 nafar ishsiz va muammosi mavjud boʻlgan yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilib, 2021-yil davomida yoshlar bilan ishlash boʻyicha 9 ta yoʻnalish, 74 ta banddan iborat chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dastur boʻyicha “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 469 nafar yoshlar qurilish, 755 nafar yoshlar qishloq xoʻjaligi, 879 nafar yoshlar tarbirkorlik tarmoqlarida, 1210 nafar yoshlar oʻzini-oʻzi band qilish orqali, 511 nafar yoshlarga kredit ajratish, 95 nafar yoshlarga tadbirkorlik uchun bino ajratish, 512 nafar yoshlarni vaqtinchalik xaq toʻlanadigan jamoat ishlariga, 507 nafar yoshlar oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashtirish orqali bandligi taʼminlanadi.

Bu kabi saʼy-harakatlar negizida yoshlarni Vatanimizga xizmat qiladigan, yurt taraqqiyotiga hissa qoʻshadigan yetuk insonlar qilib tarbiyalashdek yuksak maqsadlar mujassamdir.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026