28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:58
Sport 👁 312

VOLEYBOL BOʻYIChA OʻSMIRLAR OʻRTASIDA MUSOBAQA OʻTKAZILDI

VOLEYBOL BOʻYIChA OʻSMIRLAR OʻRTASIDA MUSOBAQA OʻTKAZILDI

Bugungi kunda yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishiga ulkan gʻamxoʻrliklar qilinmoqda, zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ularning sport turlari bilan muntazam shugʻullanishi orqali oʻz irodasi, kuchi, imkoniyatlariga boʻlgan ishonchini oshirish, mardlik, vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish, yoshlar orasidan iqtidorlilarini saralab olish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Barcha hududlarda yoshlar orasida sport turlari boʻyicha turli musobaqalar oʻtkazilib, gʻoliblar moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirilishi yoʻlga qoʻyilgani ham sport ommaviyligiga erishishda muhim omil boʻlayotir.

Bu borada tumanimizda ham muayyan saʼy-harakatlar amalga oshirilayapti. Xususan joriy yilning 8-fevral kuni tumanimiz umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining 2005-2006-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida sportning voleybol turidan Oʻzbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyatining tuman hududiy boʻlinmasi birinchiligi oʻtkazildi. Musobaqa tuman Xalq taʼlimi boʻlimi hamda tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

Musobaqani tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Qurbonboyev ochib berdi va oʻquvchilarga omad tiladi.

Musobaqa qizlar oʻrtasida 16-sonli umumiy oʻrta taʼlim muassasasining, oʻgʻil bolalar oʻrtasida esa 30-sonli umumiy oʻrta taʼlim muassasasining sport zalida oʻtkazildi. Musobaqada jami 252 nafar oʻquvchilar ishtirok qildilar. Shundan 126 nafari qizlardir.

Musobaqa qizgʻin kurashlar ostida oʻtdi. Axir kim ham musobaqa gʻolibi boʻlishni, tengdoshlaridan kuchli ekanligini isbotlashni istamaydi, deysiz. Voleybol sport musobaqasining Nizomida belgilanganidek, har bir jamoa 9 nafar oʻgʻil va qizlar, jami 18 nafar oʻquvchilardan iborat boʻldi. Jamoalar oʻzaro kuch sinashib, oʻz epchilliklari va chaqqonliklarini, abjirliklarini namoyish etdilar. Oʻquvchilar biri-biridan ortda qolmaslikka intilib, gʻoliblik uchun harakat qildilar. Musobaqa yakunida qizlar oʻrtasida 1-oʻrinni 6-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari jamoasi, 2-oʻrinni 19-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilar jamoasi va 3-oʻrinni esa 41-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilar jamoasi, oʻsmirlar oʻrtasida 1-oʻrinni 5-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari jamoasi, 2-oʻrinni 6-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari jamoasi va 3-oʻrinni esa 67-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari jamoalari egalladilar. 1-oʻrinni egallagan 5-, 6-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari jamoalari musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldilar.

Voleybol sport musobaqasining tuman bosqichida gʻolib boʻlgan sportchi oʻquvchilar Oʻzbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyatining Amudaryo tumani hududiy boʻlinmasi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Oʻziga xos sport bayrami tusini olgan musobaqa barcha ishtirokchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi, gʻoliblik uchun muntazam mashgʻulotlar olib borish, oʻz kuchiga ishonch tuygʻusini uygʻotdi.

Biz musobaqaning keyingi bosqichiga yoʻl olgan jamoalarga gʻoliblik sharafi nasib etaversin, deya tilab qolamiz.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026