28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:58
Sport 👁 319

OʻZBEKISTON ChEMPIONATI GʻOLIB VA SOVRINDORLARI TANTANALI KUTIB OLINDI

OʻZBEKISTON ChEMPIONATI GʻOLIB VA SOVRINDORLARI TANTANALI KUTIB OLINDI

Mamlakatimizda aholisi, ayniqsa yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini taʼminlash orqali ularning jismonan sogʻlom, faol boʻlishiga erishishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu orqali ularga sogʻlom turmush tarziga intilish va sportga qiziqish singdiriladi.
Tumanimizda shu maqsadlarga xizmat qiluvchi sport sogʻlomlashtirish maydonchalari qurilib, jihozlanayapti.
Tumandagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida tumanimizning 1494 nafar sportsevar oʻgʻil-qizlari 20 ta sport turi boʻyicha mashgʻulotlarda qatnashib, mahoratini oshirishga muvaffaq boʻlishayapti. Ular joriy yilning oʻtgan davrida Oʻzbekiston chempionatlarida 2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Shugʻullanuvchilarga 59 nafar tajribali murabbiylar mashgʻulotlarni qunt bilan olib borishmoqda.
Sport maktab rahbariyati va murabbiylari saʼy-harakatlari natijasida yosh sportchilar yutuqlari tobora koʻpaymoqda.


Shu yilning 19-20-fevral kunlari Toshkent shahrida kattalar va yoshlar oʻrtasida sportning oʻzbek jang sanʼati boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionati tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi shugʻullanuvchilari uchun omadli keldi.
Ustozlari va ota-onalarining duolarini olib, tumanimiz sport sharafini himoya qilishga otlangan Qutlimurod Pirimbetov, Mahmudjon Safarboyevlarning shogirdlari chempionatda yorqin gʻalabalarni qoʻlga kiritdilar.
Tumanimizdagi 69-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari boʻlgan sport maktabning oʻzbek jang sanʼati guruhi aʼzolaridan 10-11 yoshli qizlar orasida 33 kilogramm vazn toifasida Lolagul Tozaboyeva ikkinchi, 12-13 yoshli qizlar oʻrtasida 45 kilogramm vazn toifasida Hilola Tursunboyeva birinchi oʻrinni, 43 kilogram vazn toifasida Kumushoy Otajonova ikkinchi oʻrinni, 14-15 yoshli qizlar oʻrtasida 50 kilogramm vazn toifasida Sevinchoy Nurimbetova uchinchi oʻrinni egallab, chempionat shohsupasiga koʻtarildilar. Yorugʻ yuz bilan qaytgan Oʻzbekiston chempionati gʻolib va sovrindorlari 23-fevral kuni tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida tantanali kutib olindi.
Sovrindorlar sharafiga sport maktabida tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tantanada tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Qurbonboyev, maktab direktori Chorsham Tojimurodovlar sportchi qizlarni qizgʻin qutlab, kelgusida ham muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tiladilar.
Albatta, har qanday yutuq – mehnat mahsuli. Shugʻullanuvchi qizlarni shu darajaga yetkazgan murabbiylar xizmati ham alohida eʼtirof etildi.
Shundan keyin tadbir sportchi qizlar taʼlim olayotgan 69-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida davom etdi. Barcha oʻqituvchilar, oʻquvchilar ularni kuy-qoʻshiqlar sadosi ostida, olqishlar bilan qarshi oldilar.
Maktab direktori Dilshod Boboniyozov gʻoliblarni qizgʻin qutlab, murabbiylariga, ota-onalariga chuqur minnatdorchilik bildirdi. Ustozlar, doʻstlar tabriklaridan quvongan chempionat gʻolibi va sovrindorlari kelgusida bundan-da nufuzli musobaqalarda tumanimiz sport sharafini munosib himoya qilishga soʻz berdilar.
Sportchilarga koʻrsatilgan hurmat-ehtirom koʻpgina oʻquvchilar koʻnglida havas, sport bilan shugʻullanishga ragʻbat uygʻotdi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026