Qon bu - hayotdir
Donor qonining har tomçisi hayoti qil ustida turgan bemorni hayotga qaytariş, uning soğligini tiklaşi uçun yönaltiriladi. Şu maʼnoda olganda donorlik – eng yuksak insonparvarlik, betakror olijanoblik demakdir. Donor bergan qon tufayli har yili yer yuzida millionlab insonlarning hayoti saqlab qolinadi. Soğliklari tiklanib, oyoqqa turib ketadilar. Şu bois, sönggi yillarda oliyhimmat donorga bölgan eʼtibor va ehtiyoj kuçaymoqda. Mana şunday oliy himmat donorlarimizdan tumanimizning jonkuyar, yetakçi şifokorlari, tajribali terapevt Bekimbat Allambergenov, tajribali reanimatolog Şuhrat Çorşamov, kiçik hamşiralar Gavhar Bobotayeva, Xurşida Saʼdullayeva, Gulbahor Ismoilovalar bizning doimiy donorlarimizdir. Ularning oliy-himmatliklari tufayli juda köp bemorlarning soğliklari va hayotlari saqlab qolindi.
Şu örinda biz tayyorlayotgan qon zahirasi talab va ehtiyojlarni qoplay olmayotganini ham aytib ötişni istar edim.
Öz navbatida donorlikning donor hayoti va soğligi uçun koni foyda ekanligini aytib ötişimiz kerak böladi. Bu tibbiyot amaliyotida bir neça asrlardan buyon isbotlab kelinayotgan ayni haqiqatdir. Birinçidan, qon topşirgan donor organizmidagi qon yangilanadi, yaʼni organizmda yangi qon işlab çiqariş jarayoni kuçayib, yaşovçanlik va yaşariş holati yuzaga keladi.
Hozirgi amaldagi qoida va tartib böyiça 19 yoşdan 60 yoşgaça har bir soğlom kişi özining jinsi, kasbidan qatʼiy nazar, donor bölişi mumkin. Çunki bunday holatlarda qonning iviş xususiyati bartaraf etiladi. Eritrotsitlar köp qon yöqotilgan mahalda yoki kamqonlikning oğir turlarini davolaşda foydalaniladi. Leykotsitlar yiğindisi esa oğir qon kasalliklarini davolaş uçun xizmat qiladi. Xullas, donor bergan har tomçi qon turli holatlardagi va turli kasalliklarni davolaşda keng qöllaniladi. Bir neça donorning özi bir neça yuzlab odamlarning hayotini saqlab qoladi yoki soğliklarini tiklaydi. Şu nuqtai nazardan donor qonining ahamiyati beqiyos va bebahodir.
Hozirgi yuksak texnika taraqqiyoti va eng zamonaviy yangi texnologiyalar asrida qon quyiş jarayonlarining dastlabki bosqiç işlarini amalga oşirişga bölimimizning serğayrat va tajribali şifokori Yangiboy Sobirov, katta hamşira Hamida Eşçanova, kiçik hamşira Guloyim Xolmenovalar donorlar bilan samarali işlaşmoqda. Çunki donorlar bizning tayançimiz. Bizning muvaffaqiyatlarimiz esa bemorlar soğligini tiklaş va yaxşilaş bilan ölçanadi. Şu bois, biz beğaraz donorlar safini yanada kengaytirib, xalqimiz soğligini saqlaşga xizmat qilaveramiz.
Z.Örozboyev,
TTB huzuridagi "Qon banki” bölimi şifokori.
(Foto http://navoiypress.uz dan olindi)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶