Amudaryo tumani hokimligining rasmiy munosabati
2021-yil 21-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Qoraqalpoq hokimlari qayoqqa gʻoyib boʻlishdi?” mavzusida videolavha tarqaldi.
Ushbu videolavhadagi holat joriy yilning 9-fevral kuni sodir boʻlgan boʻlib, YouTube’dagi kanalga ayrim gʻaraz niyatdagi shaxslar buyurtmasiga koʻra, aholida hokimlikdan norozilik kayfiyatini uygʻotish maqsadida qaytadan montaj qilib joylangan.
Videolavhada bir guruh fuqarolarning Amudaryo tumani hokimligi binosiga kelib, Mangʻit dehqon bozori hududida savdo qilishlari uchun toʻsqinlik qilinayotganidan noroziligi, tuman hokimining ish xonasida yoʻqligi bayon qilingan.
Fuqarolar hokimlik binosiga kelgan vaqtda (9-fevral, seshanba kuni) tuman hokimi 82-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan “Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi” (http://amunews.uz/news/6396)da ishtirok etayotgan boʻlgan.
Uchrashuv tugaganidan keyin hokim ish xonasiga kelib, tegishli mutasaddilar ishtirokida murojaatchi ayollar bilan uchrashgan. Murojaat qilgan fuqarolarga bozor hududidagi piyodalar yurish yoʻlakchasida noqonuniy savdo faoliyatini amalga oshirish yoʻlovchilarning oʻtishlariga toʻsqinlik qilishi, qolaversa, tegishli hujjatlarsiz savdo qilish qonunga zid holat ekanligi tushuntirilgan.
Shuni aytish kerakki, Mangʻit dehqon bozorida sotuvchilarning sanitariya normalariga amal qilgan savdo qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Sotuvchi va xaridorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yil mart oyining birinchi yarmida 24x10 metr oʻlchamdagi 48-oʻringa moʻljallangan yangi bostirma (naves) qurilib, ishga tushirilgan.
Shuningdek, bozor hududidagi boʻsh turgan 866 kvadrat metr maydon beton qilinib, uning ustiga 52x11,5 m oʻlchamdagi katta bostirma qurilmoqda. Bostirma ishga tushirilishi bilan 104 ta yangi savdo nuqtasi yaratiladi.
Murojaat qilgan fuqarolarga “Mangʻit dehqon bozori” MChJ maʼmuriyati tomonidan tegishli savdo pavilonlaridan joy taklif qilingan.
Amudaryo tumani hokimligi jismoniy va yuridik shaxslardan bozor hududida sanitariya qoidalariga amal qilib, belgilangan rasta va doʻkonlarda savdo faoliyatini amalga oshirishni soʻraydi.
Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶