Amudaryo tumani hokimligining rasmiy munosabati
2021-yil 3-aprel kuni “KunuzQoraqalpogiston” telegram kanalida Amudaryo tumani Oq oltin ovulining Dehqonobod aholi punktida yashovchi fuqaro tomonidan yoʻllangan tomorqa yerlariga zax suvlar chiqib ketganligi aks ettirilgan videomurojaat eʼlon qilindi.
Mazkur murojaatda bayon qilingan holat tegishli mutasaddilar tomonidan oʻrganib chiqildi. Ushbu aholi punktidagi yer uchastkalari tuman hokimligi zahira yerlari toifasida boʻlganligi sababli 2014-yilda turar joy qurish uchun auktsion savdolariga chiqarilgan boʻlib, auktsion gʻoliblari tomonidan 2018-yilda turar joylar qurilgan.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq turar joy qurish uchun qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yer maydonlarini berish taqiqlangan. Auktsionni oʻtkazish davrida talabgorlar ushbu yer maydonlari qishloq xoʻjaligida foydalanilamayotgan yer maydonlari toifasiga kirishi, mazkur hudud ekin maydonlari sathidan pastda joylashganligi toʻgʻrisida ogohlantirilagan. Shu bois auktsion ishtirokchilari yer uchastkalarini olganidan keyin uni tuproq bilan koʻtarish lozimligini bilgan holda, oʻz xohishlari bilan auktsion savdosida ishtirok etishgan.
Mazkur aholi punkti atrofida joylashgan fermer xoʻjaliklarining ekin maydonlarida shoʻr yuvish ishlari olib borilgani sababli yer osti zax suvlarining koʻtarilishi kuzatilgan. Ushbu aholi punktiga yaqin joyda kollektor joylashgan boʻlib, ishchi guruh tomonidan mazkur kollektor ayni kunda ishlab turgani aniqlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib mazkur murojaatni yoʻllagan fuqarolarga uy atrofidagi yerlarini oʻz hisobidan koʻmib, tomorqa sifatida foydalanish tavsiya qilindi.
Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶