YuRIDIK FAKTLARNI ANIQLAŞ BÖYIÇA IŞLAR FUQAROLIK SUDLARIDA KÖRILADI
Yuridik entsiklopediyaga köra, yuridik faktlar bu – qonunda nazarda tutilgan va muayyan huquqiy munosabatlar yuzaga kelişi uçun asos bölgan holatlardir.
Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-moddasiga köra, tuğiliş, ölim, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajraliş kabi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etiliş kerak. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etiş fuqarolik holati hujjatlarini yoziş organlari tomonidan fuqarolik holati hujjatlarini qayd etiş daftariga tegişli yozuvlarni kiritiş hamda şu yozuvlar asosida fuqarolarga guvohnomalar beriş yöli bilan amalga oşiriladi.
Farzandlikka oliş, otalikni belgilaş, familiya, ism va ota ismini özgartiriş, jinsning özgartirilişi kabi voqea va faktlar uşbu moddaning birinçi qismida nazarda tutilgan fuqarolik holati hujjatlarida ularga tegişli özgartişlar kiritiş yöli bilan ifodalanadi.
Öz navbatida mazkur fuqarolik holati hujjatlarini qayd etiş munosabatlari qonunlar va qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadi. Şu bilan birga ÖzR Fuqarolik protseussal kodeksining tegişli moddalari bilan sud tomonidan körib çiqiladigan yuridik ahamiyatga ega bölgan faktlarni aniqlaş töğrisidagi işlar, bu xususida sudga ariza beriş tartibi, arizaning va hal qiluv qarorining mazmuniga qöyiladigan talablar belgilab berilgan. Yuridik ahamiyatga ega bölgan faktlarni belgilaş haqidagi işlar böyiça qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarorlarini çiqariş fuqarolarning huquqlarini himoya qilişni taʼminlaydi.
Mazkur qonunda körsatilgan yuridik ahamiyatga ega bölgan faktlar röyxati tugal hisoblanmasdan, bulardan taşqari, sudlar – 1968-yil 1-oktyabrgaça tuğilgan bolalarga nisbatan otalikni tan olganlik, otalik va otalikni qayd qiliş, ixtironi joriy etiş, taklifni ratsionalizator sifatida tavsiflaş, binoga, avtomobilga va boşqa maxsus röyxatdan ötkaziladigan mulkka egalik qiliş, suğurta guvohnomasining tegişliligi, fuqaroni yoki uning ota-onasining Ikkinçi jahon uruşi davrida Özbekiston Respublikasiga evakuatsiya qilinganligi faktlarini ham aniqlaşi mumkin.
Sud yuridik faktni aniqlaş haqidagi arizani, agar qonunga köra bunday fakt arizaçi uçun maʼlum yuridik oqibatlar keltirib çiqarsa, fakt sudga taalluqli huquq töğrisidagi nizoni hal qiliş bilan boğliq bölmasa, arizaçi yuridik ahamiyatga ega bölgan faktni hujjat bilan tasdiqlaşning boşqa imkoniyatiga ega bölmasa, qonunçilikda ularni belgilaşning özgaça tartibi nazarda tutilgan bölmasa, körişga qabul qiladi.
Hayotda şunday voqealar böladiki, fuqarolarimiz beparvolik, uzoqni közlamaslik, qolaversa, huquqiy bilimlarining yetişmasligi sababli ayrim zarur bölgan, kelajakda huquqiy oqibatlar keltirib çiqarişi mumkin bölgan, inson hayotidagi uçraydigan tuğiliş, ölim va hokazo turdagi fuqarolik holatlarini qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda qayd qildirmay yaşaşda davom etadi.
Masalan, sudga fuqaro T.Teşayev ariza bilan murojaat qilgan. U öz arizasida tuğişgan akalaridan birini, 1980-yilda tuğilgan T.ning ölganlik faktini aniqlab berişni söragan. Aniqlanişiça, arizaçining akasi T. 1990-yilda kasallanib, uyida vafot etgan. Lekin, öşa vaqtda marhumning qarindoşlarining eʼtiborsizligi tufayli uşbu holat tegişli tartibda qayd etilmasdan qolgan. Bugungi kunga kelib esa, arizaçi T.Teşayev marhum otasi nomidagi meros uy-joyni öz nomiga rasmiylaştirmoqçi bölganida, davlat notarial idorasida undan marhum akasi T.ning ölganligini tasdiqlovçi huquqiy hujjat talab qilingan. Çunki, marhum T.ning tuğilganligi tegişli tartibda qayd qilingan, ammo ölganligi qayd qilinmagan.
Mana şunday holatlar sarsonçilik, noqulayliklarga sabab böladi. Yuridik fakt hisoblangan har bir hujjat öz vaqtida qayd qilinsa, bunday holatlar bilan boğliq turli nizolarning oldi olinadi.
Q.Atamuradov, Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶