Aholi bandligini taʼminlaş – jamiyat iqtisodiy farovonligining asosidir
Koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo miqyosida iqtisodiy ösiş surʼatlari pasayayotgan hozirgi davrda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini himoya qiliş, yangi iş örinlarini yaratiş orqali ularning bandligini va maʼlum daromad manbaiga ega bölişlarini taʼminlaş muhim ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi maʼlumotlariga köra, koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatimizda işsizlar soni 1,35 milliondan 2 milliongaça köpaygan. Tumanimizda ham qöşni 2020-yilning mart oyidan 2021-yilning şu davrigaça çet davlatlari hududlariga işlaş uçun çiqib ketaolmagan şaxslar va tumanimizda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari” röyxatiga kiritilgan fuqarolar tuman Aholi bandiligiga kömaklaşiş markazi tomonidan alohida tizimga olinib, ularning bandligini taʼminlaş çoralari körildi.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida 556 nafar doimiy işsiz, kam taʼminlangan va “Temur daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari” röyxatlariga kiritilgan fuqarolar bandligini taʼminlaş maqsadida jamoat işlariga jalb qilindi. Jamoat işlariga jalb qilinganlarning 260 nafari yoşlar, 277 nafari esa ayollardir. Ayni kunlarda 258 nafar fuqarolar şahar va aholi punktlarini, mahalla guzarlarini obodonlaştiriş, köklamzorlaştiriş, turli xil çiqindilardan tozalaş, madaniy-maişiy obʼektlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda köça ariqlarini tozalaş işlarida iştirok etişmoqda. 191 nafar kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro esa sanoat tarmoqlari va xizmat körsatiş sohasi taşkilotlarida faoliyat yuritişlari uçun şaroit yaratildi.
Şuningdek, “Çorva nasl” agentligiga 16 nafar fuqaro hamda tumandagi 43 ta ovul va mahalla fuqarolar yiğinlariga 43 nafar yoşlar jamoat tartibini saqlaş böyiça inspektor yordamçilari sifatidagi jamoat işlariga jalb qilindi.
Joriy yilning aprel oyida 376 nafar işsix va yuqoridagi uçta daftar röyxatiga kiritilgan fuqarolarni jamoat işlariga jalb qiliş çoralari körildi. Unga köra, 10 nafar fuqaro “Mang’it invest plyus” masʼuliyati çeklangan jamiyatining issiqxona tarmoğiga işçi sifatida, 10 nafar fuqaro “Furruh-Bunyodbek” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga tikuvçi, 8 nafar fuqaro esa “Dilbaroy-Zarnigor” xususiy korxonasiga yordamçi işçi sifatida işga joylaştirildi.
Manğit şahrining Çordara mahallasi hududida obodonlaştiriş işlarini olib boriş maqsadida 5 nafar fuqaroning bandligi taʼminlanib, ularning barçasi ayni paytda mahalla hududini kökalamzor va obod göşaga aylantiriş maqsadida amalga oşirilayotgan obodonlaştiriş tadbirlarida faol iştirok etişmoqda.
Tuman Aholi bandligiga kömaklaşiş markazida işsizlik maqomini olgan va iş qidiruvçi sifatida röyxatda turgan şaxslarni kasbga tayyorlaş, ularning malakasini, oşiriş va qayta tayyorlaş borasida ham tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan işsizlik böyiça nafaqalar va qonun hujjatlariga muvofiq işsizlarga moddiy yordam beriş, aholini iş bilan taʼminlaşga doir muammolarni öz vaqtida, qonuniy hal etiş maqsadida korxona, idora va taşkilotlar hamda yirik tadbirkorlik subʼektlaridagi vakant iş örinlarini aniqlaş, böş iş örinlari yarmarkalarini ötkazişda şaffoflikka rioya etiş yuzasidan samarali işlar amalga oşirilmoqda.
Körilayotgan barça çora-tadbirlar fuqarolarning bandligini taʼminlaş orqali ularning oilalarida, qolaversa, jamiyatda iqtisodiy barqarorlikka erişişdir.
Farhod ORAZBOYeV, tuman Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶