YaNGI QURILAYoTGAN BINO XAVFSIZLIK TALABIGA JAVOB BERSA, XAVFNING OLDI OLINADI
Yurtimizda keyingi paytlarda yangi va zamonaviy uy-joylar qurilib, aholiga topshirilmoqda. Ammo eʼtibor berib qaralsa, qurilayotgan binolarning koʻpchiligida xavfsizlikka eʼtibor kamaygan.
Bir-biriga yaqin qurilgan ayrim binolarning oraligʻidagi yongʻinga qarshi masofalari, yoʻllar, xavfsizlik unutilgan. Meʼyoriy jihatlar talablariga zid ravishda qurilayotgan uylardagi yongʻin chiqishiga sabab boʻluvchi holatlarni koʻrish mumkin. Chunki, ayrim koʻp qavatli binolarning isitish tizimi, yongʻinga qarshi oraliq masofa qoldirilmaganligi, xonalardagi isitish pechlari, dudburonlarning yongʻin xavfsizligi meʼyor va qoidalari talablariga mos kelmasligi, yaʼni notoʻgʻri qurilganligi, havo tortish yoʻllarining yoʻqligi singari omillar mavjud.
Qurilishda asosan kishilar sogʻligʻi va xavfsizligiga, atrof-muhit muhofazasiga yoʻnaltirilgan majburiy talablar eʼtiborga olinishi kerak. Har bir yangi qurilayotgan bino har tomonlama xavfsizlik talabiga javob berishi lozim.
Belgilangan qoidalarga toʻla amal qilingan holdagina mustahkam, mukammal va albatta, xavfsiz binolar quriladi. Bu esa har qanday xavfning oldini olishga xizmat qiladi.
B.Allabergenov, tuman FVB NTB boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶